Davlat bojxona qo`mitasi Evropa Ittifoqi va Xalqaro savdo markazi tomonidan tashkil etilgan “Реадй4Траде сентрал Асиа (Р4ТсА)” loyihasi doirasida “Gender muammolarini inobatga olgan holda savdo-sotiq proseduralarini soddalashtirish: chegarada xizmat faoliyatini olib borayotgan nazorat organi xodimlari” uchun bo`lib o`tgan seminar trening o`z ishini yakunladi.
Mamlakatimizda sportning ayollarga xos nozik va nafis turlarini rivojlantirish, sport bilan shug`ullanishni aholining kundalik hayot tarziga aylantirish va shu orqali ayollar salomatligini saqlash borasida ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda so`nggi to`rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo`llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Globallashuv davrida mamlakatlarning taraqqiyot darajasiga baho berishda gender tenglikni ta’minlash borasida erishilayotgan natijalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kadrlar bo`limi hamda Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi bo`yicha kengashining tashabbusi bilan "O`zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash va gender zo`ravonlikni oldini olishning dolzarb masalalari" mavzusida BMT УНФПА gender tenglikni ta’minlash va gender zo`ravonlikni oldini olish bo`yicha milliy tashkiloti vakili, trener-konsultant, psixologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori, “ПСИхОСФЕРА” amaliy psixologik markazi direktori, Rossiya Federasiyasi Kognitiv-bixoverial psixoterapiya assosiasiyasi a’zosi, O`zbekiston Psixologlari assosiasiyasi a’zosi, Sanjar Yuldashev ishtirokida seminar bo`lib o`tdi.
So`nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o`rnini yanada mustahkamlash, ular uchun teng sharoitlar yaratib berishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kadrlar bo`limi hamda boshqarmaning Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi bo`yicha kengashining tashabbusi bilan "Xotin-qizlar o`rtasida nosog`lom diniy oqimlar ta’siriga tushib qolish hamda turli salbiy oqibatlarining oldini olish" mavzusida BMT УСАИД tashkilotining O`zbekistondagi vakillari ishtirokida o`quv seminari bo`lib o`tdi.
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tashabbusi bilan “Mehrimiz sizga” gender tenglik markazi va tadbirkor ayollar palatasi hamkorligida tadbirkor ayollar uchun amaliy seminar tashkil etildi.
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasida xizmat olib borayotgan bir guruh faol bojxonachi qizlar “Xorazm” teleradiokanalining to`g`ridan to`g`ri efirga uzatilgan “Assalom Xorazm” musiqiy dam olish dasturida ishtirok etishdi.
Soʼngi yillarda jamiyatimizda gender tenglikni taʼminlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini yanada oshirish boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ayollarning barcha sohalarda ularning hayotda huquqlarini tenglashtirish toʼgʼrisida bir nechta normativ hujjatlar qabul qilindi. Bu borada Prezidentimizning xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash, gender tengligi va ayollarni turli zoʼravonliklardan himoya qilish, ayollar oʼrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish toʼgʼrisidagi farmon va qarorlari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Bojxona institutida xizmat olib borayotgan ayollar bo‘yicha gendyer tengligini ta’minlash borasida 2020 yilning 4 iyuldagi “Bojxona institutining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 56-son buyrug‘i tasdiqlangan.
Hozirgi globallashuv davrida xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim oʼrin tutadi. Аyniqsa, ayollarni turmushda, ish joylarida, taʼlim muassasalarida va boshqa joylarda tazyiq hamda zoʼravonlikdan himoya qilish masalasi dolzarb ahamiyatga ega.
Аvval aytib oʼtganimizdek, hozirgi kunda xalqaro savdo markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlash loyihasi doirasida ish olib borilmoqda.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xalqaro savdo markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlash loyihasi doirasida ish olib borilmoqda.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi oʻrnini yanada mustahkamlash, ular uchun teng sharoitlar yaratib berishga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Bugungi shiddat bilan oʼzgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham Oʼzbekiston oʼz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni eʼzozlashda, deb bilayotgani anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon boʼlmoqda.
“Xotin qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan Аndijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda hamkor tashkilotlar bilan seminar uchrashuvlar oʼtkazilib kelinmoqda.