Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Davlat bojxona qoʻmitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyasi
3026

Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 31-maydagi

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi

PF-5729-son Farmoni ijrosi toʻgʻrisida”gi 159-son buyrugi bilan tasdiqlangan.

Davlat bojxona qoʻmitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyasi tarkibi

Davlat bojxona xizmati organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyasi – DBQ raisining birinchi oʻrinbosari, hududiy boshqarmalar, “Toshkent–AERO” IBK va Bojxona instituti boshliqlari hamda Milliy kinologiya markazi direktori rahbarligida tuzilgan huquqbuzarliklarni, xususan korrupsiyani oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi komissiya.

Davlat bojxona qoʻmitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyasining 2022-yil faoliyati natijalari toʻgʻrisida 

MAʼLUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.04.2022-yildagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF 122-sonli Farmon bilan bojxona organlarida 2022-yil 1-sentyabrga qadar xalqaro standartlarga muvofiq komplayens-nazorat tizimini toʻlaqonli ishga tushirish belgilangan.

Shunga asosan Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasida 3 ta shtat birligidan iborat Kompleans-nazorat va tahlil boʻlimi tashkil etildi.

Farmon 13-bandi, 13.1-kichik bandida, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda bojxona organlarida komplayens-nazorat tizimi boʻyicha oʻquv grafigi ishlab chiqib, tasdiqlash vazifasi yuklatilgan.

Xodimlarni “komplayens-nazorat tizimi” yoʻnalishida oʻqishlarini tashkil etish maqsadida, DBQning 15.03.2022-yildagi “Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalari xodimlari uchun sayyor oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 13-son Farmoyishi tasdiqlangan. Unga koʻra, mashgʻulotlar Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi, Bojxona instituti va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari tomonidan amalga oshirilishi belgilab olindi. Bu borada Agentlik bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Jumladan, 2022-yilning oʻtgan davrida DBQning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmalarida hamda Milliy kinologiya markazi xodimlari bilan “komplayens-nazorat tizimi” yoʻnalishida oʻqishlar tashkil etilgan.

Ushbu uchrashuvlarda xodimlar eʼtiboriga “Nafs iskanjasida” nomli video film namoyish etilgan hamda tizimda korrupsion xavflar tendensiyalarini baholab borish hamda shaxsiy tarkib oʻrtasidagi axloqiy-ruhiy muhitni yaxshilash borasida xodimlar bilan ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazilgan.

Farmon bilan, 2022-yil 1-dekabrga qadar bojxona organlarida korrupsion xavflarni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini yaratish belgilangan. Topshiriq ijrosi boʻyicha mamlakatlardagi korrupsiya darajasini aks ettiruvchi reytinglarni eʼlon qiluvchi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanuvchi “Transparency International”, “U4 Korrupsiyaga qarshi kurashish resurs markazi”, shuningdek, Butunjahon bojxona tashkilotining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va halollikni targʻib qilish dasturi (A-CIP)” hamda boshqa rivojlangan davlatlarning korrupsiya xavflarini aniqlash metodlari, ularni boshqarish va bartaraf etishga qaratilgan tavsiya, shartlar va koʻnikmalari oʻrganildi.

Bugungi kunda dasturning tashki koʻrinishi (“interface”) yaratilgan boʻlib, dastur tomonidan xodimlarga nisbatan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvlari, ularga qoʻllanilgan intizomiy jazo choralari, bojxona toʻlovlarini notoʻgʻri undirish bilan bogʻlik xatoliklar (tovarlar qiymati, TIF TN kodini, imtiyoz va prefensiyani notoʻgʻri qoʻllash bilan bogʻliq), chegara va TIF bojxona postlarida korrupsiya yuzaga keltirivchi holatlar (ayni bir xodim tomonidan bir korxona (yoki fuqaro)ni  doimiy rasmiylashtiruvdan oʻtkazishi)ni avtomatik aniqlashga qaratilgan 30 ga yaqin mezonlar asosida bojxona xodimlarining xavf darajalari toifalarini (yuqori, oʻrta va past) belgilash va baholash algoritmi ishlab chiqildi.

Hozirda dastur yordamida Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlariga hududlarda aniqlangan korrupsion xavflarni minimallashtirish boʻyicha avtomatik topshiriq berish imkoniyatlarini yaratish choralari koʻrilmoqda.

Shu bilan birga, bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar samaradorligi taʼminlash maqsadida, DBQning “Aloqa kanallari orqali kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va koʻrib chiqish Reglamenti”, “Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish hamda hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish Uslubiyoti” hamda “Xodimlarni odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻqitish boʻyicha Yoʻriqnoma”lar ishlab chiqildi.

Bojxona maʼmuriyatchiligini yangi bosqichga olib chiqish, bojxona va yuk operatsiyalarini raqamli transformatsiya qilish orqali inson omilini keskin qisqartirish, bojxona sohasini ochiqlik, shaffoflik hamda ishonchlilik tamoyillari asosida korrupsiyadan holi tizimga aylantirish borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, oʻtgan davr mobaynida shaxsiy tarkib bilan 931 marotaba umumiy tartibdagi tarbiyaviy profilaktik ishlar oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida bojxona organlarida turli korrupsion koʻrinishidagi noqonuniy harakatlar sodir etilishini oldini olish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, joriy yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Kurrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari bilan hamkorlikda Bojxona organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, odob-axloq qoidalari boʻyicha barcha hududiy bojxona boshqarmalarida oʻquv amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Tadbirkorlar, TIF ishtirokchilari va fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatlar shakllantirish, ular tomonidan bojxona sohasiga oid tartiblarni bilmasliklari oqibatida korrupsiyaviy harakatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida 74 marotaba profilaktik yigʻilish va davra suhbatlari tashkil etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimda sogʻlom ishchanlik muhitini shakllantirishda xodimlarning oila aʼzolari oʻrni yuqori ekanligidan kelib chiqib, ular bilan 42 marotaba profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

302 nafar xodimlarning yaqin qarindoshlariga ular bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etishga qaratilgan antikorrupsion mazmundagi umumiy va individual shakldagi ogohlantirish xatlari yuborildi.

Bu kabi tadbirlar davomida korrupsiya va boshqa salbiy holatlarni sodir etilishini oldini olish, xodimlarni oʻz vataniga sadoqatli hamda fidoyi, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiq, bojxona organlari obroʻsi, uning ravnaqi uchun jonkuyar etib tarbiyalash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ushbu tadbirlar samaradorligi va taʼsirchanligini oshirish maqsadida, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, soha mutaxassislari va diniy ulamo vakillari jalb etildi.

Shuningdek, bojxona organlarida korrupsiya, tamagirlik, poraxoʻrlik, mansab vakolati doirasidan chetga kabi salbiy holatlarni sodir etilishini oldini olish, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash maqsadida xodimlar bilan 1338 marotaba yakka tartibdagi tarbiyaviy profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.

Profilaktik maqsadlarda foydalanish uchun “Qasamyodga xiyonat”, “Nafs oʻpqonida”, “Korrupsiya halokatga yoʻl”, “Korrupsiyaga oʻrin yoʻq”, “Pora - yuzni qilar qora” va “Shukrni bilmagan noshukrlar”, “Nafs iskanjasida” nomli xizmatda foydalanish va ichki namoyish uchun moʻljallangan hujjatli videofilmlar va 4 ta ijtimoiy roliklar tayyorlanib bojxona xodimlari va ularning yaqin qarindoshlarining eʼtiboriga yetkazildi.

Shuningdek, xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida bojxonachilar haqida “Bojxona zahmati”, “Bojxonachilar”, “Xotira”, “Yurt mehri asrasin” nomli qoʻshiqlar yaratilib, ularga musiqiy kliplar ishlab chiqildi.

 Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida oʻtkazilayotgan profilaktik tadbirlar davomida audio, videoroliklar, banner, plakat, innovatsion axborot-targʻibot materiallaridan keng foydalanilmoqda.

Jumladan, antikorrupsion mazmundagi jami 907 dona (119 dona bannerlar, 24 dona infografikalar, 64 dona bukletlar, 21 dona flayerlar, 464 dona tahliliy maqolalar va risolalar, 76 dona videoroliklar, 75 dona slaydlar va 64 dona innovatsion axborot-targʻibot) materiallari ishlab chiqilib, mazkur materiallarni bojxona obyektlarining fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga koʻrinarli boʻlgan qismiga joylashtirilishi taʼminlandi.

Tizimdagi korrupsion omillarni bataraf etish, xodimlar ish samaradorligini oshirish maqsadida “E-hujjat”, “Ye-Arxiv”, “Ye-qaror”, “Avia API/PNR”, “E-Navbat”, “Shaffof tizimi”, “Bojxona xodimi”, “Bojxona qiymati”, “Transport nazorati” va “Korrupsiyaviy xavflar” kabi axborot tizimlari yaritilib, ularni takomillashtirish choralari koʻrilmoqda.

Tizimda korrupsiya va tamagirlikka qarshi kurashish holatini fuqarolarga va tadbirkorlarga yetkazib borish maqsadida televideniyada 188 marotaba, gazetada 157 marotaba, radioda 234 marotaba va internet tarmogʻida 501 marotaba korrupsiyaga qarshi kurashishga bagʻishlangan chiqishlar qilindi va maʼlumotlar berildi.

Ommaviy axborot vositasilari, jamoatchilik, nodavlat tashkilotlar oʻrtasida yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligi oshirish choralari koʻrib borilmoqda.

Jumladan, 2022-yil 27-sentyabr kuni Davlat bojxona qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari I.Muxtorov, sohaviy boshqarma boshliqlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi  vakillari, qoʻmitaning mutasaddi xodimlari, OAV vakillari hamda jurnalistlar ishtirokida “Bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning komplayens nazorat tizimi: yangiliklar va natijalar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

10.07.2019

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing