Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Ayrim xorijiy davlatlarning jismoniy shaxslar uchun joriy qilingan bojxona qoidalari
4765

Davlat

Olib kirish taʼqiqlangan tovarlar

Alohida tovarlar uchun qoidalar

Amerika qoʻshma shtatlari

Olib kirish taqiqlangan:

- absent;

- likyorli konfetlar;

- narkotiklar;

- xavfli dori-darmonlar;

- hukumatga qarshi, targʻib qiluvchi va aygʻoqchiliklik materiallari;

- pornografiya har qanday koʻrinishda (videokassetalar, jurnallar, fotosuratlar, slaydlar va b.);

- lotereya chiptalari;

- zaharli va zaharlovchi moddalar, qalamtarosh (agar u bir qoʻlli yoʻlovchiga tegishli boʻlmasa), umuman, xavfli boʻlgan hamma narsa. 

- yonuvchan va portlovchi materiallar, qurol-yarogʻ, kontrafakt va qalbaki tovarlar; 

- yovvoyi flora va faunaning baʼzi buyumlari, masalan, fil suyagidan, toshbaqa kosasidan yasalgan buyumlar.

Spirtli ichimliklar va sigaretlar:

Voyaga yetgan (21 yoshga toʻlgan) va AQSH norezidenti maqomiga ega chet el fuqarosiga mamlakatga bojxona toʻlovisiz 1 litrdan ortiq boʻlmagan alkogol ichimligini olib kirish mumkin, bu nafaqat oʻtkir spirtli ichimliklar, balki pivo, vino, likyorlarga ham tegishli.

Belgilangan meʼyordan ortiq olib kiriladigan ichimliklar soliqqa tortiladi.

Biroq, AQSH hududida federal qonunlardan tashqari, shtatlarning qonunlari ham amal qiladi va baʼzi hollarda ular nisbatan qattiqqoʻl boʻlishi mumkin.

Masalan, Texasda bojsiz olib kirish kvotalari Nyu Yorkdagiga nisbatan kamroq, u yerda hatto ikkita yarim litrlik pivo butilkasini olib kirishga ham ruxsat berilmaydi.

Birlashgan Arab Amirliklari

Olib kirish qatʼiyan taqiqlangan:

narkotiklarning barcha turlari, buning uchun mahalliy qonunchilik tomonidan oʻlim jazosigacha boʻlgan ogʻir jazo berish koʻzda tutilgan.

Shuningdek mamlakatga oʻqotar qurollar, fil suyagi va undan yasalgan mahsulotlar, ov qushlarini olib kirish taqiqlangan.

Taqiqlov erotik va pornografik, zoʻravonlik mazmundagi hamda islomni kamsitib, Isroilni madh etuvchi, doʻstona mamlakatlarga nisbatan haddan ortiq tanqid, shuningdek BAA ni boshqaruvchi oilalarga nisbatan tanqid ruhidagi har qanday materiallarga ham tegishli.

Spirtli ichimliklar va sigaretlar:

Bojxona qoidalariga binoan, BAAga bir voyaga yetgan kishi hisobidan 2000 dona sigaret yoki 400 dona sigara, yoki 2 kg tamaki, zarur miqdorda parfyumeriya mahsulotlari olib kirish mumkin.

Bundan tashqari, musulmon diniga mansub boʻlmagan voyaga yetgan shaxs oʻzi bilan 2 litr oʻtkir spirtli ichimlik va 2 litr vino olib kirishga haqli.

Bosma va video mahsulotlar senzura maqsadida va axloq meʼyorlariga muvofiqligi jihatdan tekshirish uchun talab qilinishi mumkin. 

Buyuk Britaniya

harbiy anjom , portlovchi moddalar, oʻq otish quroli , litsenziyalanmagan dori-darmonlar, pornografik materiallar, qalbaki mahsulot, shuningdek, goʻsht, baliq, asal, tuxum, sut va hayvonlardan olinadigan boshqa mahsulotlar.

Spirtli ichimliklar va sigaretlar:

YEIga aʼzo boʻlmagan mamlakatdan Buyuk Britaniyaga bojsiz olib kirish mumkin:

- 200 dona sigaret yoki 100 dona sigarill yoxud 50 dona sigara, yoki 225 g tamaki;

- 22 darajadan yuqori boʻlgan oʻtkir spirtli ichimliklar - 1 l yoki tarkibida 22 darajagacha spirt boʻlgan vino va likyorlar - 2 l.;

- 16 l. pivo;

- 4 l. oddiy vino;

2. Zargarlik buyumlari. Shaxsiy narsalar, shuningdek, zargarlik buyumlari, qimmatbaho buyumlar va qiymati 4000 yevrodan ortiq boʻlgan buyumlar deklaratsiyalanishi lozim.

3. Avtomobillar va benzin. Transport vositasini shaxsiy foydalanish uchun 6 oydan ortiq boʻlmagan muddatga olib kirishda S110 bojxona formasini toʻldirish va bir nusxasini oʻzida qoldirib, pochta orqali soliqlardan ozod etish Byurosiga (National Import Reliefs Unit) yuborish lozim.

Buyuk Britaniyaga shaxsiy samolyoti yoki yaxtasida keladigan chet elliklar 390 yoki 270 f.st. miqdoridagi tovarlarni bojsiz olib kirishi mumkin.

Germaniya

Olib kirish taqiqlangan:

- litsenzyasi yoʻq meditsina preparatlari , geroin, morfiy, kokain, amfetaminlar, barbituratlar, LSD va gashish kabi narkotik vositalar;

- pichoqlar, xanjarlar, kastetlar, teleskopik toʻqmoqlar va shu kabi sovuq qurollar;

- tovar belgilari egalarining huquqlarini buzuvchi soxta tovarlar, masalan, soatlaryoki litsenziyalanmagan dasturli kompakt-disklar;

- YEH mamlakatlaridan tashqarida ishlab chiqarilgan goʻsht, baliq mahsulotlari, tuxumlar, asal, ayrim hollar bundan mustasno.

 

Germaniyaga olib kirish cheklangan narsalar:

- tirik hayvonlar (Germaniya hududiga hayvonlarni olib kirish tartibi maxsus qoidalar bilan belgilangan);

- moʻyna, fil suyagi, teri, hayvonlar va qushlarning tulumlari;

- oʻsimliklar, loʻchatlar, urugʻlar va piyozboshlar;

- uzun toʻlqinli radioperedatchiklar.

Spirtli ichimliklar va sigaretlar. 17 yoshgacha boʻlgan shaxslarga tamaki va alkogol olib kirish taqiqlangan. Bojsiz olib kirish mumkin:

- 200 dona sigaret yoki 50 dona sigara, yoki 250 g tamaki;

- oʻtkirligi 22 gradusdan ortiq boʻlgan 1 l alkogolli ichimlik yoki 2 l shampan vinosi yoki likyor, 2 l vino.

Oʻqotar qurol, portlovchi moddalar va oʻq-dorilar, shu jumladan elektroshokerlar va gaz ballonchalari (faqat maxsus ruxsatnomalar bilan).

Avtomobilda harakatlanganda zahiradagi kanistrada 10 l dan ortiq boʻlmagan benzin olib oʻtish tavsiya qilinadi.

Mamlakat hududida boʻlish vaqtida avtomobil va bagajga nisbatan bojxona rejimi amal qiladi, bu ularni sotish, ijaraga berish yoki garovga qoʻyish, ulardan daromad olish uchun foydalanishga ruxsat berilmasligini anglatadi.

Germaniyaga litsenziyasi bor dori preparatlarini olib kirishga ruxsat beriladi. 500 g kofe, 100 g choyni bojsiz olib kirish mumkin. Bolalar ozuqasi va meditsina maqsadlarida foydalaniladigan maxsus oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berilgan.

Ispaniya

Ispaniyada maxsus joylarda tanlab oʻtkaziladigan bojxona nazorati amalga oshiriladi , garchi ispan hududiga kiruvchi chet elliklarning transport vositalarida uning oʻtkazilishiga ruxsat berilsa ham.

Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovar yoki narsalar tijorat maqsadida olib kirilgan hollarda bojxona deklaratsiyasi toʻldiriladi.

Qimmatbaho narsa va buyumlarning olib kirilishi va olib chiqilishiga taalluqli maxsus qoidalar yoʻq.

Bojxona xizmatlari amaliyotda 10 ming yevro boʻlgan yuqoridan belgilangan qiymat chegarasini qoʻllaydilar, undan oshgan hollarda deklaratsiyalash (faktura bilan tasdiqlanishi lozim) talab etiladi.

Goʻsht-sut mahsulotlarining olib kirilishi taqiqlanadi, isteʼmoldan oldin sovitilishi talab qilinmaydigan yoki belgilangan namunadagidek tijorat upakovkasi boʻlgan goʻsht-sut mahsulotlari bundan mustasno.

Yoshi 17 dan oshdan fuqarolarga Ispaniyaga 200 dona sigaret yoki 50 dona sigara, yoki 250 g tamaki , tarkibida 22 darajadan kam spirt boʻlgan vino va spirtli ichimliklar - 2 l yoki 22 darajadan yuqori boʻlgan oʻtkir spirtli ichimliklar - 1 l, 200 g qahva va 100 g choy, 50mlgacha boʻlgan duxi yoki 0,25 l gacha tualetnaya voda bojsiz olib kirishga ruxsat beriladi.

Badiiy va madaniy-tarixiy boyliklarni olib kirish tartibi qonun hujjatlarida belgilanmagan.

Qurol-yarogʻning har qanday turi yoki uning qismlarini olib kirish bojxona xizmatiga qurol bilan birga taqdim etiladigan Ispaniya Ichki ishlar vazirligining ruxsati boʻlgan hollardagina amalga oshiriladi. Qurol-yarogʻni chegara orqali olib oʻtish nazorati Fuqaro gvardiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Yoshi 17 dan oshgan 1 nafar odam 10 ming yevrogacha boʻlgan naqd pul mablagʻlarini erkin olib oʻtishi mumkin, 10 ming yevrodan ortiq pul mablagʻlari deklaratsiyalanishi lozim. Agar oilaviy juftlik birga safarga ketayotgan boʻlsa, er-xotinning har biri alohida 20 ming yevroni chegara orqali olib oʻtishiga rasmiy ruxsat berilmaydi.

Boshqa davlatlarning, shuningdek Rossiyaning raqam belgilari boʻlgan avtomobillar bilan kirishda haydovchilik guvohnomasidan tashqari texnik pasporti va “carta verde” sugʻurtasi boʻlishi lozim. Benzinni olib kirish va olib chiqish boʻyicha cheklovlar nazarda tutilmagan.

Tarkibida goʻsht yoki sut boʻlmagan oziq-ovqat mahsulotlari kishi boshiga 1kg olib kirilishiga ruxsat beriladi.

Ispaniyada rasmiy ravishda ruxsat berilgan oʻyinlar uchun oʻyin avtomatlari Ispaniyaning IIVdan oʻyinlar boʻyicha Milliy komissiyasi bilan kelishilgan holda olingan litsenziya taqdim etilgandan soʻng olib kiriladi.

Ispaniyaga avtomobillarni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi, harakat qilish va davlat raqami olish uchun soliq, shuningdek munitsipial soliq toʻlanishi lozim.

Isroil

 

Deklaratsiyaga kiritilmaydi: oʻtkir alkogolli ichimliklar - 1 l gacha, vino – 17 yoshdan oshgan har bir shaxsga 2 l gacha; tamaki mahsulotlari - 17 yoshdan oshgan har bir shaxsga 250 dona sigaret yoki 250 g boshqa tamaki mahsulotlari.

 Pardoz vositalari. Deklaratsiyaga kiritilmaydi:

alkogol asosida tayyorlangan kosmetika — har bir shaxsga 0,25 l gacha.

Deklaratsiyaga kiritilmaydi: shaxsiy ehtiyojlar uchun kiyim-kechak, poyabzal,gigiyenik vositalar va shaxsiy ehtiyoj hamda sovgʻa uchun boshqa tovarlar.

Ularning bahosi har bir 2 yoshdan oshgan shaxsga 200 AQSH dollaridan oshmasligi kerak.

Italiya

Olib kirish/chiqish taqiqlangan: badiiy va madaniy-tarixiy boyliklar, narkotik vositalar, qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar, intellektual mulk boʻlgan buyumlar.

Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Voyaga yetgan fuqaro oʻzi bilan 200 dona sigaret yoki 100 dona sigarilla yoxud 50 dona sigara, yoki 250 g chekiladigan tamaki, 1 l oʻtkir alkogolli ichimlik (22 % dan ortiq) yoki 2 l kuchsiz alkogolli ichimlik (22 % dan kam), 4 l vino va 16 l pivo olib oʻtishi mumkin.

Qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar: Faqat Ichki ishlar vazirligi ruxsatnomasi bilan olib kirish yoki olib chiqish mumkin.

Zargarlik mahsulotlari, qimmatbaho buyumlar va qimmatbaho tovarlar deklaratsiyaga kiritilishi zarur.

Avtomobillar va benzin. Italiyaga sotish uchun avtomobil vositasini olib kirishga tegishli hujjatlar va deklaratsiya mavjud boʻlgan holda ruxsat beriladi. Ushbu transport vositasining ekspluatatsiya vaqti yetti yildan oshmagan boʻlishi kerak. Avtomobildan tashqari 50 litrdan oshmagan miqdorda yonilgʻi olib kirish mumkin.

Boshqa narsalar. 10000 yevrogacha boʻlgan miqdordagi valyuta deklaratsiyaga kiritilmaydi. Qimmatbaho maishiy texnikani olib oʻtish uchun sotib olish cheki yoki garantiya taloni boʻlishi kerak.

Qirgʻiziston

Olib kirish taqiqlanadi: narkotiklar, qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar, Qirgʻiziston davlat tuzumi asoslarini yemiruvchi har qanday elektron tashuvchidagi maʼlumot. Mamlakatning sanitar-veterinar xizmati ruxsatisiz hayvonlarni olib kirish taqiqlanadi. Shunday ruxsatsiz mevalar, reza mevalar va sabzavotlarni olib kirish taqiqlangan. Vakolatli mahalliy organlarning ruxsatisiz mamlakatga minerallar va togʻ jinslarini olib kirish taqiqlangan. Kuchli taʼsir etuvchi tibbiyot vositalarini shifokorning tegishli retsepti boʻlsagina olib kirish mumkin.

 

Qozogʻiston

Olib kirilishi cheklangan yoki taqiqlangan tovarlar

1) Urushdan qolgan namunalar sifatidagi har qanday qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar, ommaviy qirgʻin qurollari, shuningdek bunday qurollarni yaratishda qoʻllanishi mumkin boʻlgan uskunalar va materiallar

2) Narkotik vositalar, tarkibida narkotik vositalar, psixotrop vositalar va prekursorlar boʻlgan tibbiyot vositalari.

3) Urushni targʻib qiluvchi, terrorizm, irqchilik, zoʻravonlik, davlat tuzumini yemirishga qaratilgan tasviriy va bosma materiallar.

4) Pornografik mazmundagi materiallar

5) Tuproq, shuningdek tuproqqa ekilgan jonli ildiz otgan oʻsimliklar

6) Oʻsimliklarning kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilar, shu jumladan jonli bakteriyalar, viruslar, zamburugʻlarni oʻz ichiga olgan mikroorganizmlar, shuningdek oʻsimliklarni kasallantiruvchi kana, hasharot, chuvalchanglar.

7) Karantinli organizmlar bilan zararlangan karantin joriy qilinadigan mahsulotlar, begonya oʻtlarning urugʻlari. Ilmiy maqsadlarda va faqat vakolatli organ bilan kelishilgan holda olib kiriladigan namunalar bundan mustasno.

 

Koreya Respublikasi

Olib kirish/chiqish taqiqlangan:

- tangalar;

- Koreya Respublikasi konstitutsiyasi tomonidan “jamoat xavsizligiga tahdid soluvchi” deb talqin qilingan bosma va boshqa materiallar;

- narkotiklar va psixotrop moddalar;

- hayvonlardan olingan tibbiyot preparatlari, jumladan ayiq oʻti va mushk;

- oʻsimliklardan olingan tibbiyot preparatlari, jumladan turli ildizlar va b.;

- zsimliklar, mevalar va sabzavotlar, shuningdek qishloq xoʻjalik va oʻrmonchilik mahsulotlari (maxsus ruxsatnomasiz).

- Qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, portlovchi va zaharli moddalarni olib kirish/olib chiqish taqiqlangan.

- Badiiy va madaniy-tarixiy boyliklar. Antikvar buyumlar, shuningdek madaniy yodgorliklar sirasiga kiritilgan (maxsus ruxsatsiz) tovarlarni olib kirish/chiqish taqiqlangan.

Quyidagi olib kirilayotgan tovarlar uchun boj toʻlanadi: alkogolli ichimliklar (1 l gacha boʻlgan 1 butilkadan ortiq), tamaki mahsulotlari: sigaret 200 donadan ortiq, sigara 50 donadan ortiq yoki tamaki 250 g dan ortiq miqdorda.

Shaxsiy foydalanish uchun va keyinchalik olib chiqib ketiladigan zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho soatlarni olib kirishda deklaratsiyada koʻrsatish zarur.

10 ming AQSH dollariga ekvivalent miqdordan ortiq boʻlmagan pul mablagʻlarini deklaratsiyada koʻrsatmasdan olib kirish va olib chiqishga ruxsat berilgan.

Shaxsiy foydalanish uchun zarur boʻlgan va keyinchalik olib chiqib ketiladigan fotouskunalar, moʻynalar va boshqa qimmatbaho buyumlarni olib kirishda deklaratsiyada koʻrsatish zarur.

60 ml dan ortiq atir uchun boj toʻlanadi.

Latviya

Quyidagilarni Latviyaga shaxsiy isteʼmol uchun shaxsiy bagajda olib kirish man etiladi:

- goʻsht va goʻsht mahsulotlari (yogʻ, yangi soʻyilgan yoki ishlangan goʻsht, shuningdek parranda goʻshti, hayvon yogʻi, har xil turdagi kolbasalar, goʻshtli konservalar;

- ichiga goʻsht solingan yoki tarkibida goʻsht boʻlgan xamir mahsulotlari;

- makaronlar, souslar, shoʻrvalar va boshqalar;

- sut va sut mahsulotlari ( yogurt, smetana (qaymoq), tvorog, kefir, pishloq, yogʻ, quyultirilgan sut, morojenoye va boshqalar);

- tarkibida goʻsht yoki sut boʻlgan uy hayvonlari uchun ozuqa , (uy hayvonlari uchun ozuqa, sobachi jevatelnыye igrushki, yirik tortilgan un aralashmasi).

Shaxsiy isteʼmol uchun Yevropa ittifoqiga olib kirilishi taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini pochta orqali yuborish ham man etiladi.

- havo transportida sayohat qilish vaqtida: 200 dona sigaret yoki 50 dona sigara, 250 g tamaki yoxud bir kishi foydalanishi uchun belgilangan umumiy miqdori 100 foizdan oshmagan turli kombinatsiyadagi tamaki mahsulotlari;

- boshqa transport vositalari bilan sayohat vaqtida: 40 dona sigaret yoki 10 dona sigara, 50 gramm tamaki yoxud bir kishi foydalanishi uchun belgilangan umumiy miqdori 100 foizdan oshmagan turli kombinatsiyadagi tamaki mahsulotlari;

foiz qismining bir kishi foydalanishi uchun belgilangan umumiy miqdori 100 foizdan oshmagan turli kombinatsiyadagi alkogol ichimliklarini olib oʻtish mumkin; 4 litr vijillamagan (gazlanmagan) vino; 16 litr pivo.

18 yoshdan kichik shaxslar tamaki va alkogol mahsulotlarini olib kirishda soliq toʻlovlaridan ozod etilmaydi.

Yoqilgʻi transport vositalarining yonilgʻisi saqlanadigan standart idishlarda olib kirilishi mumkin; yonilgʻi uchun koʻchma idishlarda - bir transport vositasiga 10 litrdan ortiq boʻlmagan yoqilgʻi olib kirilishi mumkin;

2 kg gacha boʻlgan hayvondan olingan quyidagi mahsulotlar shaxsiy isteʼmol uchun chegara veterinar nazoratisiz olib kirilishiga yoki pochta orqali yuborilishiga ruxsat beriladi :

- asal, tuxum;

- tirik ustritsalar, tirik mollyuskalar va shilliq qurtlar;

2 kg gacha boʻlgan hayvondan olingan mahsulotlarga shaxsiy isteʼmol uchun chegara veterinar nazoratisiz olib kirilishiga yoki pochta orqali yuborilishiga ruxsat beriladi:

Kirishda bojxona yigʻimi undirilmaydi, agar shaxsiy foydalanish yoki isteʼmol uchun yoxud sovgʻaga olingan tovarlar quyidagilardan oshmasa:

210 lat (300 yevro) — agar sayoh quruqlikdan kirib kelsa;

300 lat (420 yevro) — agar sayoh havo yoki dengiz transportida kirib kelsa;

15 yoshgacha boʻlgan bolalar qay tarzda kirib kelishidan qatʼiy nazar ularga shaxsiy foydalanish uchun umumiy miqdori 200 latdan ortiq boʻlmagan tovarlar olib kirilishiga ruxsat beriladi.

Umumiy qiymatga quyidagilar kirmaydi:

- sayoh tomonidan vaqtinchalik yoki vaqtinchalik olib kirilgandan soʻng qayta olib kirilayotgan shaxsiy yuk qiymati;

- sayohning shaxsiy ehtiyoji uchun zarur dori-darmonlar;

- maʼlum miqdorda cheklanganligi hisobga olingan shaxsiy bagajdagi tamaki mahsulotlari, alkogol ichimliklari va yonilgʻi;

Malayziya

Narkotik vositalar va preparatlarning noqonuniy olib oʻtilishiga oʻlim jazosi beriladi.

Malayziyaga bojsiz olib kirish mumkin: 200 dona sigaret yoki 50 dona sigara, yoki225 g tamaki; oʻtkir spirtli ichimliklar - 1 l, vino i likyorlar - 1 l.

Deklaratsiya toʻldirmasdan 10 000 AQSH dollaridan oshmagan miqdorga ekvivalent boʻlgan valyutani olib kirish/olib chiqish mumkin.

Tegishli ruxsatnomasi boʻlgan qurol-yarogʻ, badiiy va madaniy-tarixiy boyliklar, sanʼat buyumlari olib kirish va olib chiqishda bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim.

Bir shaxsga bir nomdan ortiq boʻlmagan elektr, audio-videoapparaturalar olib kirilishiga ruxsat beriladi.

Ozarbayjon

Olib kirish taʼqiqlangan yoki cheklangan

1) Qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar: (maxsus ruxsatnomasi bor ovchilik qurollari bundan mustasno); 

2) Narkotiklar va tarkibida narkotik bor preparatlar; 

3) Hayvonlar; 

4) Ozarbayjonning konstitutsiyaviy tizimiga qarshi qaratilgan deb talqin qilinishi mumkin boʻlgan fotosuratlar va bosma materiallar; 

5) Yangi uzilgan sabzavot va mevalar.

 

Rossiya

Olib kirish taʼqiqlangan yoki cheklangan

1) Nashr qilingan tashuvchilardagi maʼlumotlar, shuningdek ichida quyidagilar boʻlgan audio va video:

- ekstremistik yoki terroristik harakatga daʼvat; 

- sotish uchun olib oʻtilayotgan pornografiya; 

- saylov va referendumlar toʻgʻrisidagi RF qonun hujjatlaridagi talablar buzilib, tayyorlangan targʻibot materiallari;

- natsistlarning ramzlari va atributlarini targʻib qiluvchi materiallar;

- bojxona ittifoqiga kiruvchi davlatlarning siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga , ularning davlat xavfsizligiga, shuningdek, ayrim fuqarolarning sogʻligʻi va axloqiga ziyon yetkazuvchi maʼlumotlar.

2) Xizmat va fuqarolik quroli

Oʻq otish quroliga artilleriya, otar qurollari va granatomyotlar kiradi.

- navbat bilan otish mumkin boʻlgan oʻq otish quroli;

- boshqa predmetlarga oʻxshatib yasalgan oʻq otish quroli;

- tigʻi yoki uchi 90 mm ortiq boʻlgan tigʻli sovuq qurol va pichoqlar;

- asablarni falajlaydigan, zaharlangan moddalar bilan oʻqlangan gazlangan qurol;

- qurol sifatida qoʻllaniluvchi gurzi, bumerang va boshqa predmetlar;

- qurolning alohida qismlari va oʻqlar;

3) Xavfli chiqindilar.

Xavfli chiqindilar roʻyxati Bojxona ittifoqi qonun hujjatlariga muvofiq oʻrnatilgan.

4) Maxfiy maʼlumotlarni olish uchun moʻljallangan texnik vositalar va moslamalar:

- boshqa predmet nomi ostida foto-, tele- va videokameralar; zakamuflirovannыye pod drugiye predmetы;

- telefondagi oʻzaro gaplarni eshitish uchun texnik vositalar;

- shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa

moslamalar;

5) Bojxona ittifoqi qonun hujjatlariga muvofiq narkotik moddalarning prekursorlari boʻlmagan (narkotik moddalar va psixotrop moddalardan oldin boʻlgan ) zaharli moddalar va psixotrop moddalar.

6) Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ulardan oldin boʻlgan prekursorlar.

Tegishli hujjatlari taqdim etilgan tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha qabul qilingan dori-darmon vositalari ushbu toifaga kirmaydi.

7) Inson organi va toʻqimalari, shuningdek, qon va uning komponentlari.

8) Bojxona ittifoqi qonun hujjatlariga muvofiq oʻrnatilgan roʻyxat boʻyicha ozonga ziyon yetkazuvchi moddalar;

9) Bojxona ittifoqi qonun hujjatlariga muvofiq

   oʻrnatilgan roʻyxat boʻyicha oʻsimliklarni himoya qilish uchun qoʻllaniladigan vositalar;

10) Biologik suv resurslarni ovlash va tutish asboblari;

- baliq toʻrlari, sintetik neylon yoki boshqa poliamid hamda ipining diametri 0,5 mm dan kam boʻlgan va teshiklarining oʻlchami 100 mm dan kam boʻlgan sintetik monoiplardan iborat uzellar;

- elektr tutish sistemalari va moslamalar.

 

Singapur

 Olib kirish taqiqlangan:

- saqich (tibbiyotda ishlatiladigan saqich bundan mustasno);

- chaynaladigan tamaki;

- toʻpponcha va revolver shaklidagi zajigalka;

- narkotik i psixotrop moddalar;

- jonli tabiatning yoʻqolish xavfi ostida boʻlgan maʼlum obyektlari va ularning ikkilamchi mahsulotlari;

- feyerverklar;

- pornografik nashrlar, video- va audio yozuvlar, kompyuter dasturlari;

- nashrlar, video yozuvlar, video kompakt disklar, lazer disklar, yozuvlar va kassetalardan mualliflik huquqini buzgan holda olingan nusxalar;

- hukumatga qarshi mazmundagi , isyonkorlik ruhidagi materiallar.

Yuqorida nomlari sanab oʻtilganlardan birortasini Singapurga olib kirishga harakat qilish jinoiy jazoga tortiladi.

18 yoshdan oshgan shaxslarga Singapur hududiga shaxsiy ehtiyojlar uchun boj toʻlovlarisiz 1 l oʻtkir alkogolli ichimliklar (brendi, viski, djin, rom, aroq), 1 litr vino i 1 litr pivo (el, spraut, porter) olib kirish huquqi berilgan. Biroq, bu imtiyoz Singapurga Malayziyadan kiradigan shaxslarga berilmaydi, shuningdek Singapurdan tashqarida 48 soatdan kam vaqt boʻlgan shaxslarga alkogol olib kirish taqiqlangan.

Oʻqotar qurollar, portlovchi moddalar, zirhli kiyim-bosh, oʻyinchoq miltiqlar, toʻpponcha va revolverlar, sovuq qurollar, nayzalar va qilichlar (olib kirish uchun Singapur politsiya boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi).

Naqd pul yoki umumiy miqdori 30 ming singapur dollari (yoki xorijiy valyutadagi ekvivalenti) va undan ortiq miqdorda taqdim etuvchi shaxs nomiga berilgan oborot hujjatlariga ega boʻlgan Singapurga kirib keladigan va Singapurdan chiqib ketadigan shaxslar, bojxona nazoratidan oʻtayotganda tegishli deklaratsiyani taqdim etishlari shart.

Ushbu qoidaga amal qilmagan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi va 50 ming singapur dollari miqdorida jarima toʻlash yoki 3 yildan oshmagan muddatga qamoq jazosiga hukm qilinadilar.

Filmlar, video yozuvlar, video oʻyinlar, nashrlar va audio yozuvlar (olib kirish uchun OAVni rivojlantirish boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi).

Farmatsevtik preparatlar, dori-darmonlar, zaharlar (olib kirish uchun Singapur tibbiy-sanitar boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi).

Radio va tele uskunalar, ratsiyalar (olib kirish uchun Singapur Axborot-kommunikatsiya boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi).

Tailand

Olib kirish taqiqlangan:

- narkotik vositalar va psixotrop moddalar;

- behayo mazmundagi buyumlar va nashrlar;

- soxta va qalbaki mahsulotlar;

- soxta tangalar va banknotalar, qoʻriqlanadigan yovvoyi hayvonlar.

Narkotik vositalar va psixotrop moddalarni olib kirish va olib chiqish uchun Tailand qonunlarida oʻta ogʻir jazo – oʻlim jazosigacha koʻzda tutilgan.

 Spirtli ichimliklar va sigaretlar: maksimal ruxsat berilgan miqdor — bir kishiga 200 dona sigaret yoki 250 g tamaki (sigara) , lekin ikkalasidan 250 g dan oshmagan miqdorda,

va 1 l alkogolli mahsulot. Belgilangan meʼyordan ortiq mahsulotni bojxona nazoratidan oʻtgunga qadar buning uchun moʻljallangan maxsus qutilarda qoldirish kerak.

Badiiy va madaniy-tarixiy boyliklar. Buddaning haykalchalari va tasvirlarini , diniy va qadimiy sanʼat buyumlari, anitikvar buyumlarni olib kirish/chiqish uchun Tasviriy sanʼat departamenti (Department of Fine Arts)ning ruxsatnomasi talab qilinadi.

Qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar va portlovchi uskunalarni olib kirish/chiqish uchun Milliy politsiya boshqarmasi (Office of National Police)ning ruxsatnomasi talab qilinadi.

Simsiz priyomnik va peredatchiklar, telekommunikatsion qurilmalarni olib kirish/chiqish uchun Telekommunikatsiyalar boʻyicha milliy komissiya (National Telecommunications Commision)ning ruxsatnomasi talab qilinadi.

Tojikiston

Olib kirish/chiqish taqiqlangan: narkotiklar, qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar, zaharlar, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy manfaatlari hamda xavfsizligiga, aholi maʼnaviyatiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan bosma va videomateriallar Hayvonlar, asbest, asalarilar, zuluklar, pilla qurti va boshqa tirik organizmalar, biologik substansiyalar (infeksion yoki noinfeksion), oltin yoki kumush quymalari, qalbaki tovarlar yoki materiallar, tangalar, valyuta, oʻqotar qurollar, amunitsiya (yoki ehtiyot qismlar), qalamtaroshlar, moʻynalar, xavfli yoki yonuvchi materiallar, odam va hayvon xoki, fil suyagidan yasalgan buyumlar, zargarlik mahsulotlari, narkotiklar, kredit-pul hujjatlari, parfyumeriya mahsulotlari, tez buziladigan mahsulotlar, pornografik mahsulotlar, qimmatbaho metallar va toshlar, narxi 150$ dan ortiq boʻlgan soatlar, antikvar buyumlar, xom tuxumlar, elektron va yuqori chastotali uskunalar, moʻynalar, asal va asalari uyalari, viagra

Jismoniy shaxslar TR chegarasi orqali bojxona toʻlovlaridan toʻliq ozod qilingan 1000 $ ga ekvivalent miqdordagi tovarni olib oʻtish, shuningdek bojxona toʻlovlarini toʻlamasdan umumiy narxi 100 $ gacha boʻlgan xalqaro pochta joʻnatmalarini boj toʻlovlarisiz olish va yuborishlari mumkin.

Tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni, agar ularning umumiy narxi 100 $ dan ortiq boʻlmasa, olib kirish boʻyicha cheklovlar yoʻq.

Xorijiy valyutani olib kirishga cheklov yoʻq/ olib chiqish - 500 $ gacha bu AQSH dollariga ekvivalent miqdordagimilliy valyutaga ham tegishli

Olib kirishda emlashlar haqidagi sertifikat talab qilinmaydi, lekin ich terlamaga qarshi emlanganlik haqida hujjat boʻlishi maqsadga muvofiq.

Uy hayvonlarini olib kirishda ularga tegishli xalqaro namunadagi pasport boʻlishi zarur, unda quturish va chumkaga qarshi emlanganligi xaqida belgi boʻlishi kerak

Turkiya

Qurol-yarogʻ va oʻq-dorilarni, narkotiklar, tarkibida yuqori dozada narkotik vositalar boʻlgan dori-darmonlarni olib kirish va olib chiqish taqiqlangan.

Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Bojsiz olib kirish mumkin: 20 quti sigaret, yoki 50 dona sigara yoki 200 g tamaki,5 l alkogolli ichimlik.

Zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho buyumlarni deklaratsiyada koʻrsatish zarur.

Maishiy texnikani shaxsiy ehtiyojlar uchun zarur buyumlardan tashqari, olib kirish mumkin:  ikkita fotoapparat, portativ radiopriyomnik, yozuv mashinkasi, kinokamera. Videomagnitofonlar, televizorlarni deklaratsiyada koʻrsatish zarur.

Xorijiy va milliy valyutani olib kirish cheklanmagan (5000 AQSH dollaridan ortiq miqdorda boʻlsa, deklaratsiyada koʻrsatish shart). Turk lirasini 1000 AQSH dollariga ekvivalent miqdorda olib chiqish mumkin.

Narxi 200 AQSH dollaridan ortiq boʻlmagan sovgʻalar, shaxsiy ehtiyojlar doirasida kosmetik vositalar, atir-upalar, oziq-ovqat mahsulotlarini olib oʻtish mumkin.

Turkmaniston

Turkmanistonga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish taqiqlangan:

- bolalar pnevmatik toʻpponchalari, naganlar, avtomatlar, miltiqlar va plastmassa hamda boshqa oʻqlar otuvchi boshqa vositalar;

- ishlatilgan shinalar (ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish koʻzda tutilgan holda);

- ruli oʻng tarafdan boshqariladigan yoki ruli chap tarafdan oʻng tarafga qaytadan oʻrnatilgan avtotransport vositalari , Turkmaniston hududidan tranzit orqali oʻtayotgan maxsus texnika, mexanizmlar va transport vositalari bundan mustasno.

- ishlab chiqarilgan yilini hisobga olmaganda 10 yil toʻlgan avtotransport vositasi, shuningdek ishlab chiqarilgan yilidan qatʼiy nazar avtotransport vositalari, mototsikllar, traktorlar, maxsus texnika va shikastlangan yoki buzilganligi munosabati bilan yoʻl harakati qoidalariga muvofiq kelmaydigan boshqa texnika, shikastlanganlik va buzilganlik darajasi belgilangan tartibda aniqlangandan soʻng;

- sport namunasidagi yuqori tezlikka ega avtomobillar, shuningdek dvigatelining ishchi hajmi 3 500 kub sm dan ortiq boʻlgan yengil avtomobillar(shuningdek yoʻl yoʻq joylardan harakatlanishga, Turkmaniston hududidan tranzit yoʻli bilan oʻtishga va reeksportga moʻljallangan avtotransport vositalari, mikroavtobuslar);

- pornografik mazmundagi bosma, video-, foto-, kino- va audio mahsulotlar*;

- Turkmanistonning siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga, uning davlat xavfsizligiga, aholining salomatligi va maʼnaviyatini himoya qilishga putur yetkazadigan maʼlumotlari bor bosma va audiovizual materiallar, boshqa axborot tashuvchilar*.

Eslatma: * Shuningdek Turkmaniston hududidan tranzit yoʻli bilan olib oʻtish ham taqiqlangan.

Turkmanistonga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish va olib chiqish (joʻnatma yuborish) taqiqlangan:

- qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, harbiy texnika va ularni ishlab chiqarish uchun maxsus tayyorlangan yigʻuvchi qismlar va materiallar;

- portlovchi moddalar;

- yadroviy materiallar, shu jumladan issiq ajratuvchi sborka koʻrinishidagi materiallar;

- nurlanishni ionlashtiradigan manbalar;

- qurol-yarogʻ va harbiy texnikani yaratishda ishlatilishi mumkin boʻlgan texnologiyalar va maxsus uskunalar;

- pirotexnik vositalar (feyerverklar (bengal mushaklari va chaqmoqtoshlar, shamlar va mashʼalalar, porox yordamida oʻt oladiganlar bularga kirmaydi) petardalar, raketnitsalar);

- narkotik moddalar, psixotrop vositalar, prekursorlar, ularni tayyorlash va qoʻllash uchun texnologiyalar va moslamalar;

- zaharlar va zaharlovchi moddalar;

- bekor qilingan qimmatli qogʻozlar;

- yorliqlar (etiketkalar), butilkalarning poʻkaklari va alkogol mahsulotlarining barcha turlarini tayyorlash uchun kerakli boshqa upakovka materiallari.

 

Ukraina

Ukrainaga urushni, irqchilikni, zoʻravonlikni targʻib qiluvchi materiallarni olib kirish qatʼiyan taqiqlangan. Shuningdek, quyidagi tovarlarni olib kirish taqiqlangan:

 1. Narkotiklar;

 2. Zaharlovchi va radioaktiv moddalar;

 3. Zaharli va portlovchi moddalar;

 4. Ruxsatnomasi boʻlmagan mahsulotlar;

 5. Katta miqdorda dorilar. Dorining bir turi – 5 upakovkadan oshmasligi kerak;

6. Psixotrop moddalar

 

Fransiya

Olib kirish taqiqlanadi:

-qalbakilashtirilgan tovarlar;

- pedofil xarakterdagi materiallar, yaʼni bolalar pornografiyasi;

- asbest va tarkibida asbest boʻlgan mahsulotlar

- tarkibida xavfli elementlari boʻlgan predmetlar (masalan: qoʻrgʻoshin tuzi, nikel);

- oʻsimliklar, oʻsimlik va boshqa mahsulotlar (yuqori qatlamlar, urugʻlar, kultivatsiya qilinadigan tuproq); poverxnostnыye sloi, semena, kultiviruyeri maya pochva);

- milliy yoki umumevropa qonun hujjatlari bilan taqiqlangan hayvonlardan olingan mahsulotlar.

Sigaretalar. 200 dona sigareta yoki 100 dona sigarill, yoxud 50 dona sigara yoki chekish uchun 250 g tabak. Oʻrnatilgan meʼyorlardan birortasi oshganda tovarni olib oʻtish huquqidan foydalanganligi uchun belgilangan miqdordagi pul yoki jarimani toʻlashi yoki olib oʻtilayotgan tovardan voz kechishi va jarima toʻlashi kerak boʻladi. Sigareta va spirtli ichimliklarni 17 yoshga toʻlgan shaxslargina olib oʻtishlari mumkin.

Spirtli ichimliklar. 4 l – vino, 16 l – pivo. Oʻtkirligi 22 darajadan yuqori boʻlgan spirtli ichimliklar – 1 l. Oʻtkirligi 22 darajadan past boʻlgan spirtli ichimliklar – 2 l. Toza etil spirti asosidagi oʻtkirligi 80 darajadan yuqori boʻlgan ichimliklar – 1l.

Zargarlik buyumlarini olib oʻtishda kumush, oltin va ularning qotishmasi, shuningdek, qimmatbaho metallarning qoldiqlari, kumush va oltin tangalardan 7,5 % miqdorida boj undirilishini nazarda tutish lozim.

Olib oʻtilayotgan buyum qiymati 5000 yevrodan oshgan hollarda uning qiymatidan 4,5 % yigʻim undiriladi. Ushbu qiymatdagi kolleksiya olib oʻtilayotganda soliq kolleksiyaning umumiy qiymatidan olinadi.

5. . Qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar. 4 toifadagi qurollar mavjud:

A toifa: sotib olinishi va saqlanishi taqiqlangan harbiy jihozlar (uskunalar) va qurol-yarogʻ (A1) hamda harbiy jihozlarga (uskunalarga) tegishli boʻlgan shaxsan olib yurish va harbiy harakatlar uchun moʻljallangan qurol-yarogʻ (oʻq otar qurol), (boyevыx) jangovar zaharlovchi moddalardan himoya qilish uchun moʻljallangan aslaha-anjom (A2).

V toifa: sotib olish va saqlash uchun ruxsatnoma talab qiladigan qurol-yarogʻ;

S toifa: sotib olish va saqlash uchun maxsus deklaratsiya boʻlishini talab qiladigan qurol-yarogʻ;

D toifa: qayd qilinshini talab qiluvchi qurol-yarogʻ va bemalol foydalanish mumkin boʻlgan (oborudovaniye) uskuna (jihoz)

Fransiya hududiga qurol-yarogʻ olib kirish boʻyicha batafsilroq maʼlumot Bojxona bosh boshqarmasi saytida berilgan:

Tarixiy qurol-yarogʻ olib kirilishini nazorat qilish Burj shahrining Texnik boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Olib kirishda predmet texnik analizga yuboriladi, undan oʻtkazilgandan soʻng qurol –yarogʻ bojxona chegarasidan oʻtkaziladi.

26.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing