Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar
4634

Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 03.01.2017-yildagi OʻRQ-419-son, Kuchga kirish sanasi 04.01.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari

Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 27.05.2019-yildagi PF-5729-son, Kuchga kirish sanasi 29.05.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari

“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 02.02.2017-yildagi PQ-2752-son, Kuchga kirish sanasi 06.02.2017

Davlat bojxona qoʻmitasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini tartibga solish boʻyicha ichki idoraviy hujjatlari

Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 28-oktyabrdagi “Davlat bojxona qoʻmitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 189 son buyrugʻi

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-2022-yillarga moʻljallangan Dasturi

Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va hal etish choralarini takomillashtirish toʻgʻrisida” 238-son buyrugʻi

Davlat bojxona qoʻmitasi Raisining 2020-yil 4-noyabrdagi “Davlat bojxona xizmati xodimining odob-ahloq qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 198-son buyrugʻi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining korrupsiyaga qarshi kurashish

SIYOSATI

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati xodimlar orasida hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida bojxona organlarining yuqori axloqiy meʼyorlarga sodiqligini, shuningdek, bojxona xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yoʻl qoʻymaslikni aks ettiradi.

DBQ markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari, hududiy boshqarmalar, “Toshkent-AERO” IBK, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazi (keyingi oʻrinlarda – bojxona organlari) uchun korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

bojxona organlarida korrupsiyani tubdan yoʻqotishga erishish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

bojxona organlari faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini taʼminlash.

Bojxona organlari korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi:

qonuniylik – bojxona organlari korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha jahonda tan olingan amaliyotni hisobga olgan holda hamda DBQning belgilangan ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;

korrupsiyaga toqatsizlik – bojxona organlari oʻz faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning har qanday shakllari va koʻrinishlariga murosasiz munosabatda boʻladi. Bojxona xodimlariga korrupsiyaviy xavf-xatar kelib chiqishi mumkin boʻlgan faoliyatda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish taqiqlanadi;

ochiqlik va shaffoflik – DBQ tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida bojxona xodimlari va kontragentlarini, keng jamoatchilikni xabardor qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning preventivligi, tizimliligi va oʻzaro bogʻliqligi – bojxona organlari korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishiga va korrupsiyaviy xavf-xatarlarga koʻmaklashuvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va tartib-taomillar aniqlangan xavf-xatarlar darajasiga muvofiq keladi hamda bojxona organlarining barcha funksiyalari va yoʻnalishlariga integratsiya qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga birlashtirilgan;

korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi – korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etgan bojxona xodimlari oʻzining maqomi va egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar DBQning ichki hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar;

texnika taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanish – bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratishda ilm-fan taraqqiyotining soʻnggi yutuqlaridan, shu jumladan, integratsiyalashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanishga intiladi;

toʻgʻridan-toʻgʻri rahbariyatga murojaat qilish – bojxona organlarining har bir xodimi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligi toʻgʻrisida ishonchli va asosli maʼlumotlar mavjud boʻlganda belgilangan choralarni koʻrish uchun toʻsqinliksiz tarkibiy tuzilma rahbari va DBQ Raisiga murojaat qilishi mumkin;

fuqarolik jamiyati vakillari bilan oʻzaro hamkorlik – bojxona organlari oʻzlariga yuklatilgan funksiyalarni bajarishda bojxona organlari faoliyatini halollik, xolislik va mustaqillik asosida mustaqil nazorat qilish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillarini jalb etadilar;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish – korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini monitoring va nazorat qilish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni amalga oshirish natijalariga koʻra bojxona organlari korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini toʻxtovsiz ravishda oshirish choralarini koʻradilar.

 Davlat bojxona qoʼmitasi tomonidan bojxona organlarida manfaatlar toʼqnashuvini aniqlash va hal etish choralarini takomillashtirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjat qabul qilindi.

Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 2-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining korrupsiya xavf-xatariga eng koʻp duch keladigan faoliyat sohalari va ularning funksiyalari (vakolatlari)ning roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 208-sonli buyrugʻiga muvofiq, Bojxona organlarida korrupsiya xavfiga eng koʻp duch keluvchi tarkibiy tuzilmalar roʻyxati shakllantirilgan boʻlib, mazkur tarkibiy tuzilmalar faoliyati nazoratga olinishi, ularning korrupsiyaga duch kelish xavfini minimmalashtirish yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 4-noyabrdagi “Davlat bojxona xizmati organi xodimining odob axloq qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 198 -sonli buyrugʻiga muvofiq, Davlat xizmatchilari oʻz kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishlari kerak:

qonuniylik;

fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoiylik;

davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;

adolatlilik, halollik va xolislik;

manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik.

Davlat xizmatchilari quyidagilarga majbur:

xizmat vazifalarini bajarishda davlat prinsiplari va talablariga qatʼiy rioya etish;

oʻz xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarish;

yuqori davlat organlari va mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan (bergan) qarorlarini (topshiriqlarini) oʻz vaqtida va sifatli bajarish;

oʻz faoliyatini qonun hujjatlarida va ichki hujjatlarida belgilangan lavozim vakolatlari doirasida amalga oshirish;

oʻz xizmat vazifalarini bajarishda biror-bir shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlarga yon bosmaslik va ustunlik bermaslik, ularning taʼsiridan mustaqil boʻlish, fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish, kamsitish holatlariga yoʻl qoʻymaslik;

oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qiluvchi biror-bir shaxsiy, mulkiy va boshqa manfaatlarning taʼsiri bilan bogʻliq boʻlgan xatti-harakatlarga barham berish;

normativ-huquqiy hujjat va idoraviy hujjatlarda belgilangan cheklashlar va taqiqlarga rioya qilish, oʻz xizmat vazifalarini ogʻishmay bajarish;

oʻz xizmat faoliyatiga biror-bir taʼsir koʻrsatish imkoniyatiga barham berish;

Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining urf-odatlari va anʼanalarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruhlar va konfessiyalarning madaniy hamda boshqa xususiyatlarini hisobga olish, ijtimoiy barqarorlikka, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikka koʻmaklashish;

oʻzlarining xizmat vazifalarini vijdonan bajarishda shubha paydo qilishi mumkin boʻlgan xulq-atvordan oʻzini tiyish, shuningdek oʻz obroʻsiga yoki davlat organining nufuziga zarar yetkazishga qodir boʻlgan vaziyatlarga yoʻl qoʻymaslik;

xizmat mavqeidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar faoliyatiga noqonuniy taʼsir koʻrsatish uchun foydalanmaslik;

davlat organida xabarlarni va xizmat axborotlarini taqdim qilishning belgilangan qoidalariga rioya etish.

Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va hal etish choralarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 238-son buyrugʻida bojxona xizmati organi xodimining bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatdorligi uning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishga taʼsir koʻrsatayotgan yohud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatlarga qarshi kurashish yuzasidan koʻrsatmalar berilgan.

 

10.07.2019

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing