Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Bojxona organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlar roʻyxati
2447

Quyidagi axborotlar bojxona organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlar hisoblanadi:

1. Bojxona organlarining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;

2. Bojxona organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

3. Bojxona organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

4. Bojxona organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

5. Bojxona organlari tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

6. Bojxona organlari tomonidan oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

7. Bojxona organlarining davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

8. Amalga oshirilishida bojxona organlari ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

9. Bojxona organlarining faoliyati sohasiga taalluqli boʻlgan tarmoqning (hududning) holatini va uning rivojlanish surʼatini tavsiflovchi rasmiy eʼlon qilingan asosiy koʻrsatkichlar haqidagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

10. Bojxona organlari tomonidan oʻtkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

11. Boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari va boʻsh ish oʻrinlarini egallash uchun nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

12. Bojxona organlari tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

13. Bojxona organlarining ochiq hayʼat majlislarini oʻtkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular oʻtkaziladigan sana, joy va vaqt, majlislarda hozir boʻlish tartibi.

Bojxona organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.

21.06.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing