Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
O’zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslar uchun bojxona qoidalari
4689

Agar Siz Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan boʻlsangiz, shuni yodda tuting-ki, jismoniy shaxslarga umumiy qiymati 5 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etiladi.

Ammo, ayrim turdagi tovarlarni olib chiqishning cheklangan meʼyorlari mavjud. Jumladan, guruch – 3 kg.gacha, non mahsulotlari – 5 kg.gacha, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, shakar va oʻsimlik yogʻi – 2 kg.gacha, shuningdek yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalardan 40 kg.gacha olib chiqish mumkin.

Unutmang! Giyohvandlik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar, ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlar, madaniy boyliklar, oʻqotar qurol va patronlar, yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlari, mevalari, urugʻlari va botanika kolleksiyalari, yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, oʻljalar, tulumlari, ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarini olib chiqishda vakolatli organlarning tegishli ruxsatnomalari talab etiladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish yuz million soʻm ekvivalentdan ortiq boʻlmagan summada amalga oshiriladi. Naqd valyutani belgilangan ekvivalentdan ortiq summada olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

Yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlanadi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi banklari mustasno.

Agar Siz bojxona qoidalari haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlmasangiz, u holda chegara-bojxona postida xizmat olib borayotgan bojxona xodimlariga murojaat qilishingiz mumkin.



13.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing