Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Bojxona organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish majburiy boʻlgan axborotlar
1878

Bojxona organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish majburiy boʻlgan axborotlar roʻyxati

Bojxona organlarining rasmiy veb-saytlariga quyidagi axborotlar joylashtiriladi:

1. Bojxona organlarining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar:

2. Bojxona organlari faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

3. Bojxona organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy, normativ va boshqa hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

4. Bojxona organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

5. Bojxona organlari tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

6. Bojxona organlari tomonidan oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

7. Bojxona organlarining davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

8. Amalga oshirilishida bojxona organlari ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

9. Bojxona organlarining faoliyati sohasiga taalluqli boʻlgan tarmoqning (hududning) holatini va uning rivojlanish surʼatini tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlar haqidagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

10. Bojxona organlari tomonidan oʻtkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

11. Boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari va boʻsh ish oʻrinlarini egallash uchun nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

12. Bojxona organlari tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

13. Bojxona organlarining ochiq hayʼat majlislarini oʻtkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular oʻtkaziladigan sana, joy va vaqt, majlislarda hozir boʻlish tartibi;

14. Bojxona organlarining rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma tarzidagi axborot (fuqarolarni qabul qilish kunlari va hokazo);

15. Bojxona organlarining ish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning telefon raqamlari hamda pochta manzillari, elektron pochta manzillari, maʼlumot xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari, jamoat transportining qatnov yoʻllari, toʻxtash joylarining nomlari va yoʻnalish raqamlari;

16. Bojxona organlarining rahbarlari, shuningdek ushbu organlar tomonidan vakolat berilgan mansabdor shaxslar chiqishlarining hamda bayonotlarining matnlari;

17. Bojxona organlari huzurida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborot;

18. Bojxona organlari tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlarining roʻyxati;

19. Bojxona organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼruzalar hamda axborot tusidagi sharhlar;

20. Ariza, taklif va shikoyatlarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida axborot;

21. Bojxona organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir soʻrovlarni qabul qilish tartibi haqidagi axborot;

22. Kelib tushgan ariza, taklif va shikoyatlarni, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir soʻrovlarni koʻrib chiqishning umumiy natijalari haqidagi axborot.

Bojxona organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.

21.06.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing