Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Xalqaro hamkorlik umumiy maʼlumot
8012

Mustaqil Oʻzbekistonning xalqaro aloqalari tobora rivojlanib borar ekan, bu esa eng birinchi galda bojxona faoliyati zamon talablariga javob bera oladigan darajada mukammal yoʻlga qoʻyilishini talab etadi. Ayniqsa, turli xalqaro shartnomalardagi bojxona ishlariga oid bandlarning Oʻzbekistonda sifatli va oʻz vaqtida bajarib borilishini taʼminlash juda ham muhim.

Oʻzbekiston 1992-yil 28-iyulda Jahon bojxona tashkilotining faol aʼzosiga aylandi va muntazam ravishda tashkilotning yillik anjumanlarida mamlakatimiz vakillari samarali ishtirok etib kelmoqdalar. Dunyoning 179 davlatini oʻzida birlashtirgan mazkur tashkilot dunyo hhamjamiyati tomonidan “Xalqaro bojxona tajribasi markazi” deb eʼtirof etiladi. Bojxona xizmatini jahon standartlariga yaqinlashtirish maqsadida mamlakatimiz xalqaro bojxona amaliyotlari bilan bogʻliq 15 dan ortiq xalqaro konvensiyalarga aʼzo boʻlgan

Mamlakatimiz Jahon bojxona tashkiloti ishida faol ishtirok etyapti. Oʻzbekistonning 1995-yilda Siyosiy komissiya aʼzosi etib, 2001-yilda esa Moliya qoʻmitasi tarkibiga saylanishi ham mamlakatimiz xalqaro bojxona hamjamiyati tomonidan munosib eʼtirof etilganidan dalolat beradi. Ushbu koʻp yillik hamkorlik respublikamiz huquqiy bazasini xalqaro konvensiyalar va bojxona ishining boshqa xalqaro meʼyorlariga yaqinlashtirishga imkon berdi. Bojxona sohasidagi qonunchiligimiz umumqabul qilingan xalqaro standartlar, meʼyorlar va amaliyot bilan birxillashtirish hamda uygʻunlashtirish yoʻnalishida rivojlanmoqda, bu esa respublika bojxona siyosati yutuqlarini mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim dalili deb eʼtirof etishni taʼminlaydi.

Bojxona taomillarini soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisida xalqaro konvensiyaning (Kioto konvensiyasi) 1999-yil iyunda maʼqullangan yangi versiyasi JBTning eng kata va muhim yutugʻiga aylandi. Kengashning 2005-yildagi sessiyalarida Xavfsizlik va jahonda savdoni yengillashtirishning hadli standartlari qabul qilinishi ham xalqaro bojxona hamjamiyati uchun muhim voqea boʻldi.

Davlat bojxona qoʻmitasining xalqaro bojxona hamkorligi faqatgina Jahon bojxona tashkiloti bilan kifoyalanmaydi. Respublikamiz bojxona organlari boshqa yirik xalqaro tashkilotlarning ham bojxona ishiga doir dastur va loyihalarida ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Jumladan, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasining giyohvand moddalarning noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish boʻyicha tajriba almashishga doir xalqaro tadbirlarida, Shanxay hamkorlik tashkilotining Bojxona hamkorligi boʻyicha maxsus ishchi guruhi yigʻilishlarida, MDH Bojxona xizmatlari rahbarlarining kengashi majlislari, Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi dasturi, Yaponiyaning JICA va Koreyaning KOIKA xalqaro hamkorlik boʻyicha tashkilotlari oʻquv kurslarida faol ishtirok etib kelinmoqda.

Istiqlol yillarida MDHga aʼzo davlatlarning bojxona xizmatlari oʻrtasida bojxona hamkorligining huquqiy asoslari va yoʻnalishlarini oʻzida qamrab olgan 100 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo Bitimlar imzolandi. Soʻnggi 20 yil mobaynida esa mazkur Bitimlar imzolangan davlatlar vakillari bilan 100 dan ortiq ikki tomonlama ishchi uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur oliy darajada oʻtkazilgan uchrashuvlarning samarasi oʻlaroq Toshkentda oʻtkazilgan bir qator tadbirlarni misol keltirishimiz mumkin:

- 1997-yilda Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Jeyms Shaver ishtirokida Markaziy Osiyo davlatlari bojxona xizmatlari rahbarlari bilan oʻtkazilgan mintaqaviy uchrashuv;

- 2002-yilda Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Mishel Dane ishtirokida “Buyuk ipak yoʻli davlatlarida giyohvand moddalarning gʻayriqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” mavzusida xalqaro konferensiya (konferensiya yakunida Toshkent Deklaratsiyasi imzolangan);

- 2004-yilda Yaponiya hukumati koʻmagida bojxona protsedurasini soddalashtirish va uygʻunlashtirish boʻyicha qayta ishlab toʻldirilgan Xalqaro konvensiyani tanishtirish maqsadida tashkil etilgan mintaqaviy seminar (Kioto konvensiyasi) ;

- 2008-yilda Milliy kinologiya markaziga Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy oʻquv markazi maqomini berish boʻyicha Davlat bojxona qoʻmitasi va Jahon bojxona tashkiloti oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolanishi.

- 2010-yil 3-may kuni Jahon Bojxona tashkiloti Bosh kotibi Kunio Mikuriyaning Toshkentda boʻlib oʻtadigan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) boshqaruvchilar Kengashining 43-yillik majlisi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga rasmiy tashrifi. Tashrif chogʻida Janob Mikuriya Jahon bojxona tashkilotining yaqin yillarga moʻljallangan strategik maqsad va vazifalari toʻgʻrisida Davlat bojxona qoʻmitasi shaxsiy tarkibi oldida chiqish qilib, bojxona xizmati - qonuniy savdo aylanmasini tashkil etish, iqtisodiy taraqqiyot va xavfsizlikni taʼminlashda muhim rol oʻynashini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Oliy darajadagi mehmonlarning mamlakatimizga tashrifi mazkur xalqaro tashkilot bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro mustahkam hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilganligining yaqqol dalilidir.

Oʻzbekiston bojxona organlari tomonidan xalqaro hamkorlik yoʻnalishida olib borilayotgan faol va muvaffaqiyatli chora-tadbirlar jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy baholab kelinmoqda.

20.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing