Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Axborot-kutubxona haqida
3541

Ayni paytda Davlat bojxona qoʻmitasi kutubxonasi fondida 1 mingdan ortiq nomda 5 ming donaga yaqin adabiyotlar jamlangan.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida Davlat bojxona qoʻmitasi Markaziy apparatining shaxsiy tarkibi va yollanma xodimlariga sifatli axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatish, xodimlar va ularning oila aʼzolarining intellektual ehtiyojlarini qondirish va mustaqil bilim olishlarini rivojlantirishni yoʻlga qoʻyish maqsadida DBQ Kutubxonasi negizida Axborot-kutubxonasini tashkil etish va ularni eng soʻnggi zamonaviy talablar asosida jihozlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Xalqimizning madaniy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarini bojxonachilar oʻrtasida keng targʻib qilish, shuningdek, jahon adabiyoti durdonalaridan bahramand qilish orqali xodimlarning maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirib, pirovardida soha samaradorligiga ham xizmat qiladi.

Davlat bojxona qoʻmitasi Axborot-kutubxonasini tashkil etish va uni jihozlash uchun huquqiy asoslar:

- Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi № OʻRQ-280 sonli Qonuni;

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-fevraldagi “2011-2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1487- sonli qarori;

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-iyuldagi “Elektron kutubxona toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni hamda axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida va kutubxonalarda toʻliq matnli elektron axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish reja-jadvalini tasdiqlash haqida”gi 198-sonli qarori;

- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining1999-yil 25-fevraldagi “DBQ kutubxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 55-sonli buyrugʻi

Davlat bojxona qoʻmitasi Axborot-kutubxonasini tashkil etish va uni jihozlashning maqsadi

- DBQ Markaziy apparatining shahodatlangan, yollanma va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga yuqori sifatli axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatish;

- DBQ axborot-kutubxonasi fondidagi mavjud bosma va elektron nashrlarni yetarli shart-sharoitlarda saqlashni taʼminlash va ularni asrab-avaylash;

- DBQ Axborot-kutubxonasi fondi tarkibida kelajakda elektron kutubxona tashkil etilishi munosabati bilan yetarli shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari bilan taʼminlash;

- DBQ Axborot-kutubxonasida kitobxonlar va foydalanuvchilarga mutolaa uchun har tomonlama qulay muhitni shakllantirish;

26.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing