Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Ishonch telefonlari
8455

DIQQAT, “ISHONCH TELEFONI”!

Agar Sizga bojxona qonunchiligi buzilishiga doir holatlar yoki bojxona xodimlarining noqonuniy harakatlari maʼlum boʻlsa, Davlat bojxona qoʻmitasiga 11-08 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali xabardor qilishingizni so`raymiz.

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Ishonch telefonlari” orqali qabul qilish haftaning barcha kunlarida 24 soat davomida uzluksiz amalga oshiriladi.

Unda fuqarolar bojxona organlari xodimlari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan korrupsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlar, shuningdek bojxona sohasiga oid sodir etilgan yoki etilayotgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin.

Murojaatlar anonimligi kafolatlanadi.

Agar berilayotgan maʼlumotlar yuqorida sanab oʻtilgan holatlar bilan bogʻliq boʻlmasa yoki bojxona organlari faoliyatiga daxldor boʻlmasa, u holda maʼsul xodim tomonidan uning xabar yuzasidan qayerga murojaat qilish kerakligi boʻyicha tushuntirishlar beriladi.

Qoʻngʻiroq egasi tomonidan berilgan maʼlumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.

Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaat belgilangan tartibdaroʻyxatga olinadi va bildirgi asosida rahbariyatga kiritiladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.

3.04.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing