Bojxona qo’mitasi Raisi o’rinbosari,
bojxona xizmati polkovnigi
Biografiya
1978-yilda tugʻilgan.
1999-yilda Toshkent moliya institutini, 2006-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
2003-yildan 2017-yilgacha bojxona organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.
2017-yildan 2018-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasida faoliyat yuritgan.
2018-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasida masʼul xodim sifatida xizmat qilgan.
2022-yildan Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida xizmat qilib qilmoqda.
Bojxona qoʻmitasi Rais oʻrinbosari vazifa va funksiyalari:
– tashki savdo operatsiyalarini monitoring qilish, eksport-import shartnomalari ijrosini tahlil qilish, tovarlar eksporti prognozlarini bajarish, tashki savdo operatsiyalarini amalga oshirishda valyuta qonunchiligiga rioya qilish;
– bojxona statistikasining shakllanishi va ishonchliligi, Oʻzbekiston Respublikasining tashki savdosi hamda mamlakatning savdosidagi asosiy hamkorlari — davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari rivoji haqida tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;
– statistik maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash, tashki savdo sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashish;
– tovarlarning tashki iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi boʻyicha toʻgʻri tasniflanishini baholash, ularning bojxona qiymatini aniqlash, bojxona toʻlovlarini hisoblash va undirish, shuningdek, ushbu masalalarda uslubiy yordam koʻrsatishni nazarda tutadigan bojxona postlari faoliyati ustidan ishonchli nazorat tizimini ishlab chiqish;
– kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi, tovarlarni noqonuniy olib kirish mexanizmlarini aniqlash va tahlil qilish, qonun buzilishining oldini olish boʻyicha samarali choralar ishlab chiqish, javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash;
– xorijiy mamlakatlar bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, bojxona ishi sohasidagi ilgʻor tajribalarni tizimli oʻrganish va joriy etish;
– Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kinologiya markazining faoliyatini samarali tashkil etish;
– jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini har tomonlama, toʻliq va obyektiv koʻrib chiqish, fuqarolarni shaxsan qabul qilish;
– bojxona organlarining bino va inshootlarini joriy va kapital taʼmirlash, xodimlarni kompyuter va boshqa uskunalar, aloqa xamda bojxona nazorati vositalari bilan taʼminlash, yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.