Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Jismoniy shaxslar tomonidan pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali tovarlarni joʻnatish tartibi
6720

Jismoniy shaxslar tomonidan pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali tovarlarni joʻnatishni tartibga solishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873-son qarori muhim rol oʻynamoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5414-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan oʻtkazish samaradorligini yanada oshirish maqsadida pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan davlat bojxona xizmati organlariga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlar haqida majburiy ravishda xabardor etish belgilangan.
Pochta aloqasi operatori va provayderlari tomonidan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar toʻgʻrisida oldindan elektron tarzda xabar berishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan maʼlumotlar roʻyxati tasdiqlandi. Roʻyxatga ushbu hujjatlar kiritilgan.
1. Qabul qiluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi.
2. Qabul qiluvchining manzili.
3. Qabul qiluvchining pasport seriyasi va raqami yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.
4. Pochta aloqasi operatori yoki provayderining nomi.
5. Joʻnatuvchi davlat.
6. Joʻnatmaning tavsifi.
7. Joʻnatmaning qiymati.
* Yozma xat-xabarlar (mayda paketlardan tashqari), diplomatik pochta va konsullik pochta qoplariga tatbiq etilmaydi.

Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar toʻgʻrisida davlat bojxona xizmati organlarini oldindan elektron tarzda xabardor qilish jarayonlarini amalga oshirish sxemasi tasdiqlandi.

Kirib kelayotgan xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi:
temir yoʻl va avtomobil transporti orqali yetkazishda — maxsus belgilangan bojxona postlarida;
havo transporti orqali yetkazishda — xalqaro aeroportlar yoki unga yaqin hududlarda joylashgan bojxona postlarida amalga oshiriladi.
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yuridik shaxslar nomiga kelayotgan qiymati 100 (yuz) AQSH dollariga teng boʻlgan tovarlardan bojxona toʻlovlari undirilmaydi.
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlarning boj undirilmaydgian miqdori bir kalendar chorak mobaynida 1 000 (bir ming) AQSH dollarini tashkil qiladi.
Tovarlarni jismoniy shaxs tomonidan bojxona chegarasidan olib kirilishi va olib chiqilishi majburiy yozma deklaratsiyasiz amalga oshiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari hamda tadbirkorlik faoliyati uchun moʻljallangan tovarlar mustasno;
jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning qanday maqsadga moʻljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib oʻtayotgan jismoniy shaxs va uning oila aʼzolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi.

Qanday tovarlarni xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali yuborish taqiqlangan?

Javob: Joʻnatilishi taqiqlangan va cheklangan predmetlar va moddalar roʻyxati Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari (roʻyxat raqami 2219, 18.04.2011-y.) bilan tasdiqlangan. Ichki va xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalarida quyidagilarning joʻnatilishi taqiqlangan:

a) oʻqotar, signalli, pnevmatik, gazli qurollar, oʻq-dorilar, sovuq qurol (jumladan, otiladigan), elektroshok qurilmalari va uchqunli razryadniklar, shuningdek, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, jihozlanmagan portlash qurilmalari va oʻq-dorilar, shu jumladan jihozlanmagan granatalar, snaryadlar va boshqa oʻxshash predmetlar, shuningdek, shunday qurilmalar va predmetlarning mulyajlari;

b) giyohvandlik vositalari, psixotrop, kuchli taʼsir etadigan, radioaktiv, portlaydigan, zaharli, oʻyuvchi, oson alangalanadigan va boshqa xavfli moddalar (mazkur Roʻyxatning 3-bandi “v” va “g” kichik bandlarining oltinchi xatboshisida sanab oʻtilganlardan tashqari);

v) Oʻzbekiston Respublikasining pul belgilari va xorijiy valyuta (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning muassasalari tomonidan yuboriladiganlaridan tashqari);

g) axloqsizlik yoki buzuqlik xususiyatidagi predmetlar;

d) kontrafakt va qaroqchilik predmetlari;

ye) olib kirish yoki muomalada boʻlishi tayinlangan mamlakatda taqiqlangan predmetlar chiquvchi (xalqaro pochta joʻnatmalari uchun);

j) oʻzining xususiyatiga yoki oʻrovlanishiga koʻra, pochta xodimlari yoki oddiy aholi uchun xavf tugʻdirishi, boshqa joʻnatmalarni va pochta uskunasini iflos qilishi yoki buzishi mumkin boʻlgan predmetlar;

z) joriy va shaxsiy yozishma mazmunidagi hujjatlar, shuningdek, joʻnatuvchi va oluvchi boʻlmagan shaxslar yoki ular bilan yashovchi shaxslar almashinadigan oddiy va buyurtma xatlar, pochta varaqchalari va banderollar;

i) tirik hayvonlar.

k) uskunada mavjud boʻlgan va uskunadan alohida joʻnatiladigan litiyli elementlar yoki litiyli batareyalar.

Bundan tashqari, xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalarida quyidagi predmetlar va buyumlarni joʻnatish taqiqlangan:

Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, shuningdek belgilangan mamlakatga olib kirish taqiqlangan;

Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlariga muvofiq joʻnatilishi taqiqlangan;

roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tashqi savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻrnatilgan cheklovlar qoʻllaniladigan predmetlar va buyumlar.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorij mamlakatlaridan kelib tushadigan xalqaro pochta joʻnatmalarida urugʻlar va ekish materiali, mevalar, yangi mevalar va sabzavotlarni joʻnatish taqiqlanadi.

Tegishlicha oʻrovdagi bosma nashrlar va koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalar:

hech qanday annotatsiyaga ega boʻla olmaydi, joriy yoki shaxsiy yozishma mazmunidagi hech qanday hujjatlarni ichiga ololmaydi;

tamgʻalangan yoki tamgʻalanmagan hech qanday markalarni, toʻlov blanklarini, pul qiymatiga ega boʻlgan hech qanday hujjatlarni ichiga ololmaydi, joʻnatmada joylanma sifatida joʻnatuvchining manzili bosilgan banderol yoki varaqcha, konvert boʻladigan hollardan tashqari.

3. Maʼlum shart-sharoitlarda xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalarida joʻnatish ruxsat etilgan predmetlar:

a) madaniy boyliklar — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining maxsus qarorlari bilan va boshqa vakolatli organlar tomonidan shunday huquq berilgan tashkilotlar tomonidan;

b) Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi tangalar va banknotlar, xorijiy banklar bilan valyutalar namunalarini almashinish tartibida va numizmatika maqsadlarida;

v) tashkilotlar tomonidan, vakolatli organlar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha quyidagilarni joʻnatishga ruxsat etiladi:

ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari, nou-xau, ixtirolar — Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan;

sanʼat asarlari — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan oʻsimliklar va hayvonlar — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan;

dorivor vositalar, tibbiyot maqsadlaridagi mahsulotlar (buyumlar) va tibbiyot texnikasi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnikalar sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tibbiyot yoki ilmiy maqsadlarda, ularni joʻnatish ruxsat etiladigan mamlakatlarga va rasmiy kelishuvga muvofiq — sogʻliqni saqlash organlari tomonidan milliy xavfsizlik xizmati, ichki ishlar idoralari bilan kelishilgan holda beriladigan sertifikatlar asosida va giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining tegishli ruxsatnomasi bilan;

ov qilish cheklangan yoki vaqtinchalik taqiqlangan oʻsimliklar va hayvonlar — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi, Davlat veterinariya bosh boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tegishli taqiqlar va cheklovlar amal qilishi davrida.

Madaniy boyliklar boʻlgan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatishda, joʻnatuvchi pochta aloqasi obyektiga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy boyliklarni chet ellardan olib kelish va chet elga olib ketish nazorati boʻyicha badiiy ekspertizalar boshqarmasining ruxsatnomasini taqdim etishlari kerak, bu ruxsatnoma pochta, kuryerlik joʻnatmasining ichiga qoʻyiladi.

g) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, ular Oʻzbekiston Respublikasida tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar boʻlgan dorivor vositalarni roʻyxatga olish yoki qayta roʻyxatga olish uchun namunalar sifatida yuborilganda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamentining koʻrsatilgan yuklarning gumanitar yordamga tegishliligi toʻgʻrisidagi xulosasiga muvofiq ular Oʻzbekiston Respublikasidagi muayyan yuridik shaxslarga yuborilayotganda, ularni gumanitar yordam koʻrinishida joʻnatishga ruxsat beriladi.

Xalqaro xatlar va qiymati eʼlon qilinmagan posilkalarda tangalar, bank chiptalari, kredit chiptalari yoki daʼvogarning biror-bir qimmatbaho buyumlari, yoʻl cheklari, platina, oltin yoki kumushdan yasalgan buyumlar yoki ishlov berilmagan koʻrinishdagi qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari va boshqa qimmatbaho predmetlarni joʻnatish taqiqlanadi.

Istisno tarzida buyurtma mayda paketlarda kuyidagilar joʻnatilishiga ruxsat etiladi:

tirik asalarilar, zuluklar va ipak qurtlari;

parazitlar va hasharotlarni oʻrganish uchun moʻljallangan va rasman tan olingan muassasalar oʻrtasida almashinadigan zararli hasharotlarni qiruvchilar;

rasman tan olingan muassasalar uchun, tibbiy-biologik tadqiqotlar uchun drozofil (Drosophilidae) oilasiga kiradigan mayda pashshalar.

25.08.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing