Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Andijonda tadbirkor ayollar uchun seminar tashkil qilindi
649
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tashabbusi bilan “Mehrimiz sizga” gender tenglik markazi va tadbirkor ayollar palatasi hamkorligida tadbirkor ayollar uchun amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirkorlikni yo`lga qo`ygan ayollar faoliyatida paydo bo`layotgan muammoli vaziyatlarga echim topish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha yo`l ko`rsatish va gender tenglik masalalari yuzasidan muhokamalarni ilgari surgan mazkur uchrashuvda Savdo sanoat palatasi va Markaziy bank Andijon viloyati boshqarmasi vakillari ham ishtirok etdilar.

Tadbirni Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig`i E.Rayxonov ochib, bugungi kunda davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o`rni va mavqeini yanada mustahkamlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar xususida to`xtalib o`tdi.

Shuningdek, tadbirda ishtirokchi ayollardan o`z faoliyatida bojxona sohasiga oid har qanday muammoli vaziyatlarni ijobiy hal etishda bojxona organi eshiklari doimo ochiq ekanligini ta’kidlab o`tildi.

Markaziy bankning Andijon viloyati boshqarmasi vakili S.Mirzajonova tomonidan esa imtiyozli kreditlar ajratish shartlari, bugungi kunda ayollarga yaratilgan imkoniyatlar bilan ishtirokchilarni tanishtirib o`tildi.

Darhaqiqat, so`nggi yillarda mamlakatimizda misli ko`rilmagan islohotlar amalga oshirilayotganligi, xotin-qizlarning jamiyatimiz hayotidagi o`rnini yanada mustahkamlash, ular uchun teng sharoitlar yaratib berishga katta e’tibor qaratilayotganligi, xotin-qizlarning o`z imkoniyatlarini to`laqonli ro`yobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko`tarilayotganligi sir emas.

Uchrashuv davomida tadbirkor ayollar o`zlarini qiziqtirgan turli savollarga javob oldilar.

25.10.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing