"O`zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash va gender zo`ravonlikni oldini olishning dolzarb masalalari" mavzusida uchrashuv tashkil etildi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kadrlar bo`limi hamda Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi bo`yicha kengashining tashabbusi bilan "O`zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash va gender zo`ravonlikni oldini olishning dolzarb masalalari" mavzusida BMT УНФПА gender tenglikni ta’minlash va gender zo`ravonlikni oldini olish bo`yicha milliy tashkiloti vakili, trener-konsultant, psixologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori, “ПСИхОСФЕРА” amaliy psixologik markazi direktori, Rossiya Federasiyasi Kognitiv-bixoverial psixoterapiya assosiasiyasi a’zosi, O`zbekiston Psixologlari assosiasiyasi a’zosi, Sanjar Yuldashev ishtirokida seminar bo`lib o`tdi.
Seminar davomida S.Yuldashev tomonidan zo`ravonlikning psixologik jarohatlari oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan va mavjud muammolarni oldini olish hamda ruhiy jarohatlar mavjud shaxslarga psixologik ko`mak berish bo`yicha tushuntirish berildi.
O`tkazilgan seminar davomida ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi.