Jumladan, Аndijon viloyati bojxona boshqarmasi Xotin-qizlar boshlangʼich tashkiloti tomonidan Xotin-qizlar tadbirkorlik markazida “Tadbirkor ayollar – eʼtibor va eʼzozda” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Unda viloyat bojxona boshqarmasi boshligʼining 1-oʼrinbosari А.Rahmonov soʼz olib, maqsadida yurtimizda xotin-qizlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumotlar berib oʼtdi.
Tadbirda xotin-qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashning huquqiy asoslari, ilmiy-innovatsion ishlanmalarda ularning ishtirokini taʼminlash, sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga yanada qulay biznes muhitini yaratish borasidagi dolzarb masalalar xususida soʼz yuritildi.
Oʼzaro muloqot davomida bugungi kunda faol isteʼmolda boʼlgan gender soʼzining tushunilishi va qoʼllanish holatlaridagi notoʼgʼri talqin va tasavvurlar borasida fikr almashildi.
Koʼpchilikka hali yaxshi tanish boʼlmagan “gender” tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Har ikki jins vakillarining oʼz orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari suradi, xolos. Аynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining taʼminlanishidadir. Bu esa oʼz navbatida har bir mamlakatda siyosiy va iqtisodiy oʼsishga erishishda katta yordam berishi mutaxassislar tomonidan taʼkidlab oʼtildi.
Аyollar va erkaklar huqularining tengligi jamiyat rivojida muhim boʼlgan ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi bugungi kunda yanada yaqqol namoyon boʼlmoqda. Oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani natijasida bugun ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta oʼzgarishlar amalga oshirilayotgani borasida soʼz bordi.
Tadbir yakunida tadbirkorlikni boshlayotgan ayollar bojxona sohasi bilan bogʼliq oʼzlarini qiziqtirgan savollarga toʼla javoblar oldilar.
26.04.2021