Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
OILА SOGʼLOM EKАN, JАMIYaT MUSTАHKАM, MАMLАKАT BАRQАRORDIR
689
Bugungi shiddat bilan oʼzgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham Oʼzbekiston oʼz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni eʼzozlashda, deb bilayotgani anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon boʼlmoqda.

Shu boisdan, bugun Navoiy viloyati Bojxona boshqarmasida “Oila jamiyat va davlat himoyasida” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Navoiy viloyati mahalla va oilani qoʼllab-qoʼvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi L.Haydarovaning maʼruzasi tinglandi. Maʼroʼzada, har qaysi davrda, har qaysi mamlakat taraqqiyoti yoʼlida jamiyatning muhim va hal qiluvchi kuchi – oilani moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash muhim vazifalardan biri boʼlib kelganligi alohida taʼkidlandi. Shu maʼnoda, mamlakatimizda mustaqillik yillarida davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi va rahnamoligida Аsosiy Qonunimizda mustahkamlangan oilaning jamiyatimizning muhim bugʼini sifatida tutgan oʼrni hamda rolini oshirishga qaratilgan keng qamrovli dasturiy ahamiyatga ega islohotlar amalga oshirilayotganligi haqida ham toʼxtalib oʼtildi.

Qizgʼin munozaralar va savol-javoblarga boy holda oʼtgan ushbu tadbir ishtirokchilarga oilada sogʼlom maʼnaviy muhit, oila aʼzolarida oʼzaro hurmat-ehtirom ruhini yaratish, yuksak axloqiy va maʼnaviy qadriyatlarimizni saqlab qolish, yoshlarimiz ongiga sogʼlom turmush tarzini singdirish asosiy vazifamiz boʼlib qolishi lozim ekanligi tushuntirildi.

2.06.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing