Trening dasturida quyidagi mavzular bo`yicha bunda:
- transchegaraviy savdoda gender tengligi va ayollar (imkoniyatlar va muammolar);
- gender tengligi nima ekanligi va jamiyat uchun qanchalik muhimligini tushunib olish;
- gender omillarining savdo bilan bog`liqligini va ayollar uchun tegishli imtiyozlarni o`rganish;
- transchegaraviy savdoda ayollar duch keladigan muammolarni aniqlash.
Kunning ikkinchi yarmida: gender muammolarni inobatga olgan holda barqaror transchegaraviy savdoni ta’minlashda davlat organi xodimlarining roli bunda:
- ayollarning savdodagi ishtirokini qo`llab-quvvatlash uchun savdoni soddalashtirish jarayoni qanday echimlarni taklif qilishi mumkinligini aniqlash;
- tadbirkor ayollar duch keladigan muammolarni hal qilish uchun davlat idoralari ko`rishi mumkin bo`lgan choralarni o`rganish haqidagi seminar trening Bojxona instituti katta o`qituvchisi Nilufar Axmedova tomonidan olib borildi.
Seminarning maqsadi – ayollarning xalqaro savdodagi ishtirokini qo`llab-quvvatlash uchun savdoni soddalashtirish jarayoni qanday echimlarni taklif qilishi mumkinligini aniqlash, tadbirkor ayollar duch keladigan muammolarni hal qilish uchun davlat idoralari ko`rishi mumkin bo`lgan choralarni o`rganish hamda amalda muhokama qilingan echimlarni amalga oshirish uchun harakatlar rejasini ishlab chiqishdan iborat – deydi Davlat bojxona qo`mitasining Xotin-qizlar masalalari bo`yicha boshlang`ich tashkiloti raisi Umida Pirmuxamedova.
O`zaro savol-javob, qizg`in muhokama tarzida bo`lib o`tgan trening -kelgusida davlat xizmatchilari va savdo faoliyati bilan shug`ullanadigan ayollar uchun hamkorlikda savdo muhitini yaxshilash uchun xizmat qiladi.
27.11.2021