Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
"Sport - nafislik va salomatlik manbai" shiori ostida “Gimnastrada 2021” sport festivali bo`lib o`tdi
534
Mamlakatimizda sportning ayollarga xos nozik va nafis turlarini rivojlantirish, sport bilan shug`ullanishni aholining kundalik hayot tarziga aylantirish va shu orqali ayollar salomatligini saqlash borasida ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun, 2021 yilning 25 noyabr kuni Toshkent Moliya instituti Sport majmuasida Turizm va sport hamda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirliklari tomonidan tashkillashtirilgan "Sport - nafislik va salomatlik manbai" shiori ostida sport festivali bo`lib o`tdi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimi davlatimiz madhiyasi sadolari ostida boshlandi.

Sport musobaqasida respublikamizdagi vazirliklar, korxona va tashkilotlarda faoliyat ko`rsatayotgan ayollar o`rtasida gimnastrada musobaqasida o`zaro kuch sinashdilar.

Ko`tarinki ruhda boshlangan festivalda 20 dan ortiq guruhlar o`z chiqishlarini namoyon etdi.

Festivalda Davlat bojxona qo`mitasining "To`maris" jamoasi ham munosib ishtirok etib, “Gimnastrada-2021” musobaqasida faxrli 1-o`rinni qo`lga kiritib g`olib deb e’lon qilindi.

Festival yakunida barcha ishtirokchi jamoalar hamkor tashkilotchilar tomonidan maxsus nominasiyalar bo`yicha rag`batlantirildi va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

25.11.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing