Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
"Xotin-qizlar o`rtasida nosog`lom diniy oqimlar ta’siriga tushib qolish hamda turli salbiy oqibatlarining oldini olish" mavzusida o`quv seminari bo`lib o`tdi
805
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kadrlar bo`limi hamda boshqarmaning Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi bo`yicha kengashining tashabbusi bilan "Xotin-qizlar o`rtasida nosog`lom diniy oqimlar ta’siriga tushib qolish hamda turli salbiy oqibatlarining oldini olish" mavzusida BMT УСАИД tashkilotining O`zbekistondagi vakillari ishtirokida o`quv seminari bo`lib o`tdi.

Seminar davomida tashkilotning Huquqiy islohotlar dasturi gender tengligi va ijtimoiy masalalari bo`yicha mutaxassisi M.Inakova tomonidan xotin-qizlar o`rtasida nosog`lom diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishning salbiy holatlari, kiyinish madaniyati, odob-axloq qoidalariga amal qilinishi, oilaviy nizolar va ajrashishlarning barvaqt oldini olish, shuningdek jamiyatdagi xotin-qizlarni o`z vazifalarini amalga oshirishda og`ir oilaviy sharoit natijasida yuzaga keladigan holatlarda psixologik ko`mak berish bo`yicha trening o`tkazildi.

O`tkazilgan seminar davomida ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar olishdi.

9.11.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing