Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Toshkent shahar bojxona boshqarmasida “Ready4Trade Central Asia” loyihasi doirasida seminar treninglar boʼlib oʼtdi
868
Xalqaro savdo markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlash loyihasi doirasida ish olib borilmoqda.

Mazkur loyihaning maqsadi Markaziy Osiyoda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznes imkoniyatlarini kengaytirish va transchegaraviy elektron tijorat orqali ichki va xalqaro miqyosda savdoni rivojlantirishdir.

Аyni shu maqsadda, Toshkent shahar bojxona boshqarmasida “Gender tenglik muammolarini inobatga olgan holda savdoni soddalashtirish: chegara nazorati xodimlari uchun trening” mavzusida tadbir boʼlib oʼtdi.

Seminarda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshligʼi T.Saidov, Oʼzbekiston Tadbirkor Аyollar Uyushmasi koordinatori G.Davlatova, Davlat bojxona qoʼmitasi Xotin qizlar qoʼmitasi raisi U.Pirmuhammedova, Bojxona instituti oʼqituvchisi N.Аhmedova hamda boshqarmada xizmat qilayotgan erkak va ayol xodimlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida maʼruzachilar tomonidan ayol xodimlarga mazkur loyihaning mazmun-mohiyati, gender tengligi nima ekanligi va jamiyat uchun qanchalik muhimligi, gender omillarining savdo bilan bogʼliqligi, transchegaraviy savdoda ayollar duch keladigan muammolar, ayollarning savdodagi ishtirokini qoʼllab-quvvatlash uchun savdoni soddalashtirish jarayonlari boʼyicha batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, treninglar davomida savdoda ayollarning ishtiroki muhim makroiqtisodiy foyda keltirishi, vaqt manbai tadbirkor ayollar uchun hal qiluvchi ahamiyatga egaekanligi, gender tengligini targʼib qilish qashshoqlikni kamaytirishdan salomatlikni mustaxkamlash, taʼlimni yaxshilash, erkaklar va ayollar, qizlar va oʼgʼil bolalarning himoyasi va farovonligini taʼminlashga qadar jamiyatning barcha sohalari uchun juda muhimligi, savdo bilan shugʼullanadigan ayollarga tadbirkorlikni yuritishda yordam beradigan tegishli choralar koʼrilsa, savdo gender tengligini taʼminlashda kuchli katalizator boʼlishi mumkinligi taʼkidlandi.

18.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing