Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko`tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi. Bu borada, O`zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo`yicha komissiyasi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi tashkil etildi.
O`zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga etib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga etdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o`ringa ko`tarildi. Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga etdi.
Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o`rniga ijobiy ta’sir ko`rsatib, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O`zbekiston 2020 yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo`yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog`onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134-o`rinni egalladi.
Bugun o`zbek tadbirkor ayollari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar chet davlatlarga eksport qilinib, yuqori natijalarni qo`lga kiritilayotgani quvonarli holdir. Ayni chog`da yurtimizda ishbilarmon ayollarning ilg`or g`oya va tashabbuslarini ro`yobga chiqarish, investisiyaviy loyihalarni amalga oshirishga zarur tashkiliy, huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan.
Qolaversa, gender tenglik — bu mamlakatning demokratik taraqqiyot darajasini ko`rsatuvchi indikatorlardan biri hisoblanadi. Shu bois, bugungi globallashuv davrida jamiyatda bu masalaga ustuvor e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada, Davlat bojxona xizmati organlarida ham qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Davlat bojxona qo`mitasi Evropa Ittifoqi va Xalqaro savdo markazi tomonidan tashkil etilgan “Реадй4Траде сентрал Асиа (Р4ТсА)” loyihasi doirasida bugun Xorazm viloyatidagi tadbirkor ayollar, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining ayol xodimlari uchun boshqarmaning majlislar zalida Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirish va qo`llab-quvvatlash bo`yicha “Gender muammolarni inobatga olgan holda savdo-sotiq tartibotlarini soddalashtirish” mavzusida o`quv seminar treningi o`tkazildi.
Seminarda Davlat bojxona qo`mitasining Xotin-qizlar masalalari bo`yicha boshlang`ich tashkiloti raisi Umida Pirmuxamedova, Bojxona instituti katta o`qituvchisi Nilufar Axmedova, loyiha maslahatchisi Akmal Azimov, “Tadbirkor ayol” O`zbekiston ishbilarmon ayollar assosiasiyasi Xorazm viloyati bo`linmasi rahbari Zevar Palvanova, viloyat tadbirkor ayollari hamda boshqarmaning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
– Prezidentimizning doimo ayollarni qo`llab-quvvatlash, har tomonlama ko`mak berishga qaratilgan tashabbuslari bugun minglab xotin-qizlarning qalbida ishonch, shijoat hamda minnatdorlik tuyg`ularini uyg`otmoqda. Bu kabi o`tkazilayotgan o`quv seminarlari viloyatimiz tadbirkor ayollari uchun muhim ahamiyat kasb etadi — deydi “Tadbirkor ayol” O`zbekiston ishbilarmon ayollar assosiasiyasi Xorazm viloyati bo`linmasi rahbari Zevar Palvanova.
22.11.2021