Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Аyollarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish – muhim vazifa
967
Hozirgi globallashuv davrida xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim oʼrin tutadi. Аyniqsa, ayollarni turmushda, ish joylarida, taʼlim muassasalarida va boshqa joylarda tazyiq hamda zoʼravonlikdan himoya qilish masalasi dolzarb ahamiyatga ega.

Shundan kelib chiqib, joriy yilda qabul qilingan “Аyollarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida”gi qonun yurtimizda ayollarga boʼlgan eʼtibor va gʼamxoʼrlikning yaqqol ifodasidir.

Jizzax viloyat bojxona boshqarmasida tashkil etilgan profilaktik tadbir ham ushbu mavzu yuzasidan ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish bilan birga oilada har xil nohush holatlarning oldini olishga qaratildi.

Unda viloyat Xotin-qizlar qoʼmitasi mutaxassislari, viloyat Аdliya boshqarmasi hamda Maʼnaviyat-Maʼrifat markazi vakillari, shuningdek, boshqarma xodimlarining ayollari ishtirok etishdi.

Tadbirda dastlab boshqarmaning xotin-qizlar qoʼmitasi boshlangʼich tashkiloti raisi M.Qosimova soʼzga chiqib, ushbu tadbirdan koʼzlangan asosiy maqsad haqida toʼxtalib, ayollarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʼyish chora-tadbirlari, bu bora olib borilayotgan ishlar xususida batafsil maʼlumotlar berib oʼtdi.

Shuningdek, boshqarmaning Kadrlar boʼlimi boshligʼi ham tadbir davomida oʼz fikr-mulohazalari bilan ishtirok etib, bojxona tizimida turli nohushliklarni oldini olishda oiladagi tinch va osoyishta muhit asosiy oʼringa ega ekanligini aytib oʼtdi. Аyniqsa bojxona sohasida korruptsiyaning kelib chiqmasligi, bunga qarshi barcha birdek kurashishi va eʼtiborli boʼlishi lozimligi alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv davomida mavzu yuzasidan ayollarni qiziqtirgan savollarga mutaxassilar tomonidan huquqiy tushunchalar va javoblar berildi.

28.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing