Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Qashqadaryoda xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati bo`lib o`tdi
699
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasida sohada xizmat olib borayotgan xotin-qizlar ishtirokida navbatdagi davra suhbati o`tkazildi.

Unda, bojxona organlari Xotin qizlar qo`mitasi raisi U.Pirmuhamedova, Davlat bojxona qo`mitasi Kadrlar boshqarmasi boshlig`i S.Jalilov, Bojxona instituti katta o`qituvchisi N.Axmedova, viloyat bojxona boshqarmasi boshlig`i Z.Turdaliev va boshqarmada xizmat olib borayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o`rni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Sababi, ayolni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko`rsatish o`zbek xalqiga xos olijanob xususiyatdir. Jamiyatda siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy muhit barqarorligi hamda taraqqiyoti ayollarga, oilaga bo`lgan munosabat va e’tibor bilan bog`liq.

Mazkur yo`nalishda bojxona organlarida ham bir qator chora-tadbirlar belgilangan bo`lib, mazkur yo`nalishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan dolzarb vazifalar to`g`risida fikrlar almashildi.

Shuningdek, gender tenglik siyosati va oila institutini qo`llab-quvvatlash jamiyat va davlat taraqqiyotining muhim omili ekanligini, bu borada O`zbekiston erishgan yutuqlar, xususan ayollarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga hamda ularning mamlakat ijtimoiy hayotidagi faoliyatini inobatga olgan holda, tizimda samarali xizmat qilayotgan, tashabbuskor xotin-qizlarni doimiy ravishda rag`batlantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

15.11.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing