Samarqandda tadbirkorlarga bojxona qonunchiligiga oid so‘nggi yangiliklar yetkazildi
Tadbirlar
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi hamda Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyati hududiy filiali bilan hamkorlikda 2018 yil 7 fevral kuni viloyat bojxona boshqarmasi ma’muriy binosi majlislar zalida bojxona sohasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan tadbirlar yuzasidan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “Bojxona organlarida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan qulayliklar hamda yangi qabul qilingan normativ hujjatlarning mohiyati” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.