Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Surxon karamlari “soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi” orqali Rossiyaga eksport qilinmoqda
1533
2017 yil davomida Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan qo‘shni davlatlarga oid 21 ta oliy darajadagi tashriflar, 60 dan ortiq davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilganligi natijasida 400 dan ortiq bitim va kelishuvlarga erishildi.
Surxon karamlari “soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi” orqali Rossiyaga eksport qilinmoqda

Ana shunday hujjatlardan biri - Davlat bojxona qo‘mitasi va Rossiya Federatsiyasi Federal bojxona xizmati o‘rtasida “Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi” to‘g‘risida bitimdir.

Aytish kerakki, ushbu bitim Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 4-5 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi doirasida o‘zaro manfaatli bir qator kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan hamda 2017 yil 12 aprelda “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2885-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Bugungi kunga kelib bu boradagi imtiyoz va qulayliklar davlatlar o‘rtasida tuzilgan bitimlar asosida amalga oshirilayotganligi quvonchli hol albatta.

Mazkur bitim shartlariga muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinganda, qabul qiluvchi mamlakatda tovarlar bojxona ko‘rigidan ozod qilinishi belgilangan. Ya’ni, mamlakatimizdan eksport bo‘layotgan meva-sabzavotlar O‘zbekiston boojxonasi ko‘rigidan o‘tgach, Rossiya Federal bojxonasi tomonidan bojxona ko‘rigi amalga oshirilmasdan, keltirilgan mahsulotlar hujjati tez fursatda rasmiylashtiriladi, xolos. Bu esa, yurtimizdan keltirilgan meva-sabzavotlarning sifati va ta’miga ta’sir ko‘rsatmasdan, tez fursatlarda Rossiyaning bozorlagiga chiqish imkoniyatini yaratadi. Mazkur bitimning 1-moddasiga ko‘ra, tomonlar o‘zaro axborot almashuv orqali “Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi”dan foydalanadigan yuridik shaxslar ro‘yxatini bojxona qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymagan tadbirkorlik subyektlari orasidan shakllantirib oladilar.

Ushbu shakllantirilgan ro‘yxatda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat olib borayotgan “Surxon oltin mevasi” agrofirmasi hamda Angor tumanidagi “ANGOR GOLDEN FRUITS” ma’suliyati cheklangan jamiyatlari borligi Surxon vohasining eksport salohiyatini oshishiga zamin yaratadi. “ANGOR GOLDEN FRUITS” ma’suliyati cheklangan jamiyati rahbari Feruz Baxriyevning ta’kidlashicha, yaratilgan qulayliklar samarasi natijasida 2017 yil davomida 65 ming AQSH dollaridan ko‘proq miqdoridagi Surxondaryoda yetishtirilgan karam mahsulotlari Rossiya Federatsiyasiga eksport qilingan.

Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, yaratib berilayotgan bunday imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalangan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amaldagi bojxona qonun xujjatlari talablariga og‘ishmay amal qilishi kelajakda Bitim doirasida “Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi”dan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritishga zamin yaratib beradi.

N.Choriyev,

bojxona xizmati katta leytenanti

9.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing