Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Kinologiya: memorandum faol hamkorlikka xizmat qilmoqda
1591
Davlat bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan hquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan faol serqirra hamkorlik yoʻlga qoʻyligan.
Kinologiya: memorandum faol hamkorlikka xizmat qilmoqda

Jumladan, Markaz va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi maxsus tayyorgarlik oʻquv markazi oʻrtasida 2019-yilda oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolangan boʻlib, mazkur hujjat doirasida tomonlar bir-birlarining oʻquv markazlarida turli amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishadi.

Masalan, joriy yilning 14-sentyabr kuni Milliy kinologiya markazi instruktorlari hamda “Malaka oshirish” kursida tahsil olayotgan kichik inspektor-kinologlar Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining maxsus tayyorgarlik oʻquv markazida boʻlishdi va oʻzlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan bir kunlik oʻquv amaliyotini oʻtashdi.

Bu shunchaki oʻquv amaliyoti emas, aksincha, bu kabi mashgʻulotlarda instruktor va kinologlar oʻzaro fikr va tajriba almashishadi. Qolaversa, boshqa muhitda mashgʻuotlar oʻtash xizmat itlarining turli sharoit va muhitlarga moslashuvchanligini yanada oshiradi.

Mashgʻulotlar qizgʻin savol-javoblar va munozaralarga boy boʻldi.

18.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing