Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Huquqingizdan to‘g‘ri foydalaning!
1454
Bugungi kunda mamlakatimizda joriy etilayotgan barcha islohotlar mamlakatimizning yanada rivojlanishi, tadbirkorlik muhitini yaxshilashni ko‘zlab amalga oshirilmoqda.
Huquqingizdan to‘g‘ri foydalaning!

Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga yaratilayotgan imtiyoz, yengilikklar ham avvalo tadbirkor manfaatiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 286-moddasida bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning huquqlari keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra deklarant deklaratsiyalanayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona nazorati ostida ko‘zdan kechirishni, ularni tarozida tortishni va boshqacha tarzda ularning miqdorini aniqlashni amalga oshirish, shuningdek bojxona organining ruxsati bilan tovarlarning namunalari va nusxalarini olishi mumkin.

Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, import tovarlarini rasmiylashtiruvi jarayonida tovar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun, yuk jo‘natuvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni oldini olish uchun, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasi(BYUD)ni taqdim etishidan oldin yukni ko‘zdan kechirishimumkin.

Bojxona organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda bojxona qonunbuzilishi holatlari oldini olish maqsadida, BYUD taqdim etilgunga qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida ko‘zdan kechirish va ulardan namuna-nusxalar olishga huquqi borligi bo‘yicha boshqarma hamda bojxona postlarida keng targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, 2017 yil davomida ko‘zdan kechirish natijasida 86 ta holatda bojxona qonunbuzulishi holatlarining oldi olindi.

Ammo, 2017 yilda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan bojxona ko‘riklari natijasida tovarlarni yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdorlardan farq qilishi hamda hujjatlarda ko‘rsatilmagan tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan qiymati 404,5 mln. so‘mlik 56 holatda bojxona qoida buzilishi holatlari aniqlangan. 2018 yil yanvar oyining o‘zida bojxona organiga taqdim etilgan hujjatlar bilan tovarlar o‘rtasida tafovut mavjud holatlar 4 marotaba qayd etildi.

Hurmatli tadbirkorlar, huquqingizdan to‘g‘ri foydalaning va bojxona qoida buzilishi holatlarini oldini oling!

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati

9.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing