Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Mahallabay” tizimi: obodonlashtirish ishlarida bojxonachilar ham faol!
1449
Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham viloyatning Oltiariq tumani “Qizil tepa” mahalla fuqarolar yigʻini hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol qatnashmoqda.

Fargʻona viloyatining barcha shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borishda barcha idora va tashkilotlar xodimlari oʻzlarining hissalarini qoʻshishmoqda.

 “Маҳаллабай” тизими: ободонлаштириш ишларида божхоначилар ҳам фаол!

Mazkur hududda 4 ta sogʻlomlashtirish sanatoriylari va koʻplab savdo hamda maishiy xizmat koʻrsatish shahobchalari mavjud. Sanatoriylarga respublikamizning turli viloyatlaridan mehmonlar hamda xorijdan ham koʻplab turistlar tashrif buyuradi.

“Qizil tepa” mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi vakillari bilan bir safda bojxona xodimlari ham bir necha kun davomida hududning asosiy koʻchalari boʻlgan “Qiziltepa”, “Sihatgoh”, “Yangiobod”, “Yoshlar” va “Oʻzbekiston” koʻchalarini tartibga keltirishdi. Ariqlardagi ortiqcha axlatlar va koʻchalarning yoʻl boʻylarida oʻsib yotgan begona oʻtlardan tozalandi. Maxsus texnika vositalari yordamida mahallaning koʻchalarini tekislash va shagʻallashtirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari “Yoshlar” koʻchasining yoʻllari taʼmirlandi. Asosiy uchta katta koʻchalarning yoʻl boʻyidagi toʻplanib turgan tuproq va shagʻallar tekislanib, tartibli koʻrinishga keltirildi.

“Qiziltepa” koʻchasidagi koʻp qavatli uylarning yon atrofi, tomorqa yerlari begona oʻt va tikanlardan toʻliq tozalanib, bir necha oydan buyon toʻplanib turgan axlatlar oldirib tashlandi.

“Qiziltepa” MFYga kirish qismida joylashgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish maskanlari zamonaviy koʻrinishga keltirilib qayta taʼmirlandi va u yerdagi daraxtlarga shakl berildi.

Bunday obodonlashtirish ishlari viloyatning barcha hududlarida olib borilmoqda.

30.07.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing