Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Kattaqo‘rg‘on va Narpayda tadbirkorlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi
2000
Bugungi kunda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”doirasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida ko‘plab imkoniyatlar yaratilibkelinmoqda.

Shu munosabat bilan tadbirkorlik subyektlarining bojxona sohasida yuzaga kelayotgan muammolarini o‘rganish va hal etish, faoliyatlarini yanada takomillashtirish borasidataqdim etilayotgan takliflarni o‘rganish maqsadida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Kattaqo‘g‘on” TIF bojxona posti xodimlari tomonidan Kattaqo‘rg‘on va Narpay tumanlarida faoliyat olib borayotgan bir qator tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan joylarda uchrashuvlar o‘tkazildi.

Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahar “HONG XIANG GROUP” qo‘shma korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 dekabrdagi “2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2698-sonli qarorlariga asosan mahalliylashtirish dasturiga kiritilib, tashkilotga jami 310 ta uch g‘ildirakli mototsikllar uchun ehtiyot qismlarini olib kelishi uchun bojxona imtiyozlari qo‘llanilgan.

Korxona direktori B. Umurzakovning ta’kidlashicha, tejalgan mablag‘lar evaziga korxona o‘z ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirishni maqsad qilgan, shuningdek, 15 nafar yosh kasb-hunar kollej bitiruvchilari ish bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari korxona 2018 yil 1-choragi davomida jami 800 ta skuterlarni buyurtmachiga yetkazib berishni rejalashtirgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 200 ta skuterlar shartnoma talablari asosida yetkazib berilgan.

13.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing