Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Samarqandda tadbirkorlarga bojxona qonunchiligiga oid so‘nggi yangiliklar yetkazildi
1594
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi hamda Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyati hududiy filiali bilan hamkorlikda 2018 yil 7 fevral kuni viloyat bojxona boshqarmasi ma’muriy binosi majlislar zalida bojxona sohasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan tadbirlar yuzasidan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “Bojxona organlarida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan qulayliklar hamda yangi qabul qilingan normativ hujjatlarning mohiyati” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Samarqandda tadbirkorlarga bojxona qonunchiligiga oid so‘nggi yangiliklar yetkazildi

Tadbirni Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i E.Salixov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonga to‘xtalib o‘tdi.

Davlat dasturining uchinchi yo‘nalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan bo‘limiga muvofiq, soliq va bojxona siyosatini takomillashtirish va optimallashtirish, soliq yukini kamaytirish, soliq va bojxona ma’murchiligini soddalashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi nazarda tutilgan.

Hozirgi kunda bojxona organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqiy hi¬moyasini yanada kuchaytirish, bojxona protseduralarini soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yangi loyiha va takliflarni, mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rganish maqsadida ko‘plab korxona va tashkilotlarga borib sayyor tashriflar uyushtirildi, o‘z o‘rnida soha rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab tahliliy takliflar umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqilishi uchun DBQ ga taqdim etilib kelinmoqda.

Kun tartibidagi masala bo‘yicha Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Yusupov so‘zga chiqib, mamlakatimizda eksport-import operatsiyalarini tartibga solish va soddalashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, tovarlar va xizmatlar bozorlarida samarali raqobat muhitini yaratish, monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish masalalari yuzasidan qo‘llanilayotgan imtiyozlar ko‘lamiga to‘xtalib o‘tdi.

Valyuta nazorati katta inspektori G‘.Mavlonov o‘z ma’ruzasida 2018 yil 2 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining F-5194 son farmoyishi bilan “O‘ztekstilsanoat” uyushmasi a’zolari-to‘qimachilik sanoati korxonalari hamda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari tomonidan to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlanganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yili baliq mahsulotlarini yetishtirish hajmini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3505 sonli qarori asosida 2020 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga TIF TN kodi 230990 bo‘lgan baliq ozuqalarini olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinganligi to‘g‘risidagi yengilliklarni aytib o‘tdi.

Shuningdek, “Kattaqo‘rg‘on Charm” QK direktori D.Shakarov tovarlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish, tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulayliklar yaratish hamda tovarlar bojxona nazorati ostida saqlanib turilishini qisqartish maqsadida “import karantin ruxsatnomasi”ni Toshkent shahridan emas balki Samarqand viloyati xududidan olish imkoniyatini yaratish uchun O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi hududiy bo‘limlari orqali taqdim etilishi yuzasidan o‘z taklifini berdi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati

10.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing