Bojxona xodimlarining jismonan sogʻlom, maʼnan baquvvat boʻlishlari, ular orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, xizmatdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishini taʼminlash maqsadida tizim xodimlari oʻrtasida muntazam ravishda sport musobaqalarining tashkillashtirilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan boks musobaqasida Surxondaryo viloyati miqyosida 100 nafardan ortiq bokschi yosh oʻgʻil-qizlar, oʻsmirlar va kattalar 16 vazn toifasida ishtirok etishdi.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptiradi.