Hozirda tizimda sportning mini-futbol turi boʻyicha mintaqalar boʻyicha saralash musobaqalari start olgan boʻlib, kecha Shimoli-Gʻarbiy mintaqasi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi va Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan jamoalar bellashuvi boʻlib oʻtdi.
Koʻtarinki va oʻzaro doʻstlik ruhida oʻtgan hamda qizgʻin baxs-munazaralarga boy boʻlgan mazkur musobaqada 6:1 hisobida Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi jamoasi gʻolib boʻlib, Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan kelgusi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Uylaymizki, bojxonachilarimiz kelgusi oʻyinlarga ham yanada katta shijoat va qiziqish bilan tayyorgarlik koʻrib, oʻz ustida yanada koʻproq ishlashadi. Zero, tashkil etilayotgan musobaqalardan koʻzlangan asosiy maqsad ham tizim xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirib, oʻzaro doʻstlik va sogʻlom raqobat muhitini taʼminlashga erishishdir.
13.09.2021