Bugungi kunda bojxona organlarida xodimlarning jismoniy tayyorgarligiga, ularning kundalik faoliyatida belgilangan vazifalarni amalga oshirishi uchun nafaqat ruhan kuchli va chidamli, balki jismonan baquvvat va sogʻlom boʻlishlariga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Kuni kecha viloyat “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar” shaxsiy tarkibidan tashkil topgan jamoalar oʻrtasida sportning “futbol” turi boʻyicha “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Namangan viloyati Kengashi birinchiligi boʻlib oʻtdi.
Unda Namangan viloyati bojxona boshqarmasining shaxsiy tarkibidan tashkil topgan terma jamoasi ham munosib ishtirok etishdi.
Musobaqa ishtirokchilari 5 kun mobaynida oʻzaro bellashdilar. Musobaqa yakuniga koʻra Namangan viloyati bojxona boshqarmasi terma jamoa aʼzolari faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Musobaqa yakunida gʻoliblarga diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
7.07.2021