Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda Oʻzbekiston boks federatsiyasi Surxondaryo viloyati boʻlimi bilan hamkorligida tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida taʼkidlanganidek, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini taʼminlaydigan yosh avlodning sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga yetishi hal qiluvchi oʻrin tutadi. Shu bois, mamlakatimizda yoshlar va kattalar oʻrtasida turli sport musobaqalari oʻtkazib kelinmoqda.
Tashkil etilgan “Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi kubogi” uchun boks musobaqasida yosh umidli va professional bokschilar tomonidan qizgʻin kurashlarga boy boʻlgan bellashuvlar boʻlib oʻtdi.
2 kun davomida murosasiz kechgan boks bellashuvlarida umumjamoa hisobida Termiz shahri birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, munosib ravishda Denov, Shoʻrchi va Termiz tumani keyingi oʻrinlarni band qildi.
Tadbir soʻngida gʻolib va sovrindorlar viloyat bojxona boshqarmasi boshligʻi Qaxramon Umarov tomonidan diplom, kubok, esdalik va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi.
Bir soʻz bilan aytganda musobaqani tashkil etilishidan asosiy koʻzlangan maqsad yoshlarni sportga boʻlgan ishtiyoqlarini yanada oshirish, viloyatning barcha hududlaridagi iqtidor egalarini saralab olish va boks boʻyicha milliy terma jamoaga zaxira yaratishdan iborat.
13.09.2021