Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz
778
Mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlar, qo‘lga kiritilayotgan marralar adolat ustuvorligi barqaror bo‘lgandagina yuz ko‘rsatadi.

Davlatimiz Rahbarining “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko’rishimiz zarur” degan tashabbusi natijasida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha yaxlit tizim yaratildi. Mamlakatimizda, shuningdek bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan yutuqlar to‘g‘risida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Boldir” temir yo’l chegara bojxona posti xodimlari va Termiz shahar “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig’ini faollari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Mahalla faollariga bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan islohotlar xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PF-122-son farmoni bilan bojxona organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish dasturi qabul qilinganligi to’g’risida, shuningdek 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun mazmun va mohiyati tushuntirildi. Ushbu qonun mamlakatimizda bu turdagi jinoyatchilikka nisbatan kurashishda yangi bosqichni boshlab berdi. Bugungi kunda bo‘layotgan ushbu islohotlarning barchasi mamlakatimizda korrupsiyaning ildizi va tizimini butkul yo‘qotishga qaratilganidan dalolat beradi. Shuningdek, fuqarolarga bojxona sohasiga doir korrupsiya holatlari haqida maʼlumotlar boʻlsa, Davlat bojxona qoʻmitasining uzluksiz faoliyat koʻrsatuvchi qisqa 11-08 raqamli “Ishonch telefoni”ga yoki Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining (76) 225-24-51 raqamlariga qoʻngʻiroq qilib, bu haqida xabar berish mumkinligi va xabar bergan fuqarolarning shaxsi haqidagi maʼlumotlar sir saqlanishini aytib o’tildi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati

 

27.06.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing