Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Keles” temir yoʻl chegara bojxona posti orqali ilk halqaro yoʻlovchi poyezdi harakatlandi
721
Endilikda, 16-may sanasidan boshlab haftada uch marotaba Olmaota-2 - Toshkent - Olmaota-2 yoʻnalishida halqaro yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

Bugun 2 yillik tanaffusdan soʻng, mazkur poyezd ilk marotaba malakatimizga kirib keldi. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish va chiqish yoʻnalishida Toshkent shahar bojxona bolshqarmasining “Keles” temir yoʻl chegara bojxona posti orqali harakatlangan poyezd tarkibi bojxona postida chegara, bojxona, veterinariya hamda sanitar-epidemiologik nazorat xodimlari tomonidan tekshiruvlardan oʻtkazildi.

Halqaro yoʻlovchi poyezdlari qatnovining yoʻlga qoʻyilishi fuqarolarimiz, xususan, yurtimizga kirib keluvchi xorijiy sayyohlar uchun katta xursandchilik boʻldi.

16.05.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing