Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Andijonda gilos eksporti boshlandi
820
Fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga tez va sifatli olib chiqilishida bojxona organlarining oʻrni beqiyosdir.

Ayni paytda gilos eksporti oʻzining qizgʻin pallasiga kirgan. Joriy yilning 17-may holatiga koʻra, Andijon viloyatida jami 195 tonna, qiymati 136 ming AQSH dollariga teng gilos eksport qilindi.

Ushbu mavsumda Rossiya Federatsiyasi va qoʻshni Qirgʻiziston oʻzbek gilosining asosiy xaridori ekanligini taʼkidlab oʻtish mumkin.

Raqamlardan koʻrish mumkinki, eksport qilinayotgan oʻzbek gilosining eng katta qismi ushbu ikki mamlakat hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Ayni damda Andijon viloyatida roʻyxatdan oʻtgan eskportyorlar tomonidan gilos eksporti operatsiyalari davom etmoqda.

Bunda esa viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tovarlarni eksportga rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirilgan tartibda tez fursatlarda amalga oshirib berilmoqda.

 

17.05.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing