Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Sirdaryo viloyatida oʻtkazilgan koʻrik tanlovda bojxonachi oila sovrindor boʻldi.
748
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi Farmoniga asosan “15-may–Xalqaro oila” kuni munosabati bilan “Farovon oila sari” gʻoyasi ostida oʻtkazilgan “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” koʻrik-tanlovining gʻoliblari 2022-yil 16-may kuni taqdirlandi.

Tadbirda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi, senator Zulayho Mahkamova hamda viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayevlar ishtirok etib, Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida axborot berishdi.

Sirdaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovida bojxona boshqarmasidan Akyigitov Dilshod va Pirnazarova Raxilalar oilasi ishtirok etishib, koʻrik-tanlovning viloyat bosqichi natijalariga koʻra “Namunali yosh oila” nominatsiyasi gʻolibi deb eʼlon qilindi va ularga Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi, senator Z.Mahkamova hamda viloyat hokimi Gʻ.Mirzayevlar tomonidan sertifikat va esdalik sovgʻalari topshirildi.

17.05.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing