Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
15-may - Xalqaro oila kuni munosib nishonlandi
894
Oʻzbekiston Respublikasi asosiy Qonuni Konstitutsiyasining 63-moddasida: “Oila jamiyatning asosiy bugʻini” ekanligi belgilab qoʻyilgan.

Jamiyat va davlat muhofazasida bhlish huquqiga ega" deb belgilanganligi davlatimizda oilaga nisbatan munosabat yuqoriligidan dalolat beradi.

Bugun, 15-may - Xalkaro oila kuni munosabati bilan, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasining Ayollar Kengashi aʼzosi L.Xusainova boshchiligida yosh xodimalar bilan birgalikda oʻzlaring hamkasbi E.Nishonovning xonadoniga tashrif buyurishib, ushbu xonadon oilasining yoshi ulugʻ ota-onalariga hurmat-extirom koʻrsatib, yosh hamkasblariga bergan tarbiyalari, Vatanparvarlik xissi yuqori, yoshi katta-kichiklarga hurmat-izzat munosabatli qilib tarbiya berishganiga oʻz minnatdorchiliklarini bildirib kelishdi.

Shu bilan birgalikda, E.Nishonovning xonadonida boʻlgan tashrif chogʻida ota-onalari bilan boʻlib oʻtgan sermazmun suhbatlaridan, yosh ayol xodimalar ham oʻzlari uchun koʻplab ibratli xulosalar chiqarib olishdi. Ushbu tashrif natijasida, kelgusida ham ushbu anʼanalarni davom ettirish lozimligini mamnuniyat bilan qayd etishdi.

16.05.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing