Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Temuriylar davlatchiligi tarixiga sayohat
792
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar bojxona boshqarmasidagi boshlangʻich tashkiloti va Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat kengashi tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686-yilligini munosabati bilan boshqarmaning yosh xodimlari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.
Temuriylar davlatchiligi tarixiga sayohat

Muzeyda Amir Temirning shaxs sifatidagi oʻziga xos jihatlari, Temuriylar davlatchiligining jahon hamjamiyati rivojiga qoʻshgan hissalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettirgan qimmatli eksponatlar mavjud.

Temuriylar davlatchiligi tarixi va oʻtmishi bilan Toshkent shahar bojxona boshqarmasining yosh xodimlarini yaqindan tanishtirish hamda mazkur yoʻnalishda muzey xodimlari bilan oʻzaro fikr almashish bojxona xodimlarining ilmiy-marifiy saloxiyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

12.04.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing