Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Jizzax viloyat bojxona boshqarmasida ayol xodimlar uchun “Sogʻlom oila - sogʻlom jamiyat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
579
Unda Jizzax viloyati IIB Tibbiyot boʻlimi ginekolog shifokori M.Axmedova hamda Jizzax shaxar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi amaliyotchi psixologi M.Raxmonovalar ishtirok etib, sogʻlom oila qurish va sogʻlom farzandni dunyoga keltirish, qolaversa, oilada sogʻlom turmush tarzini yuritish asoslari boʻyicha xotin-qizlarga kerakli maʼlumotlarni berib oʻtishdi.
Jizzax viloyat bojxona boshqarmasida ayol xodimlar uchun “Sogʻlom oila - sogʻlom jamiyat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Shuningdek, uchrashuv davomida psixolog tomonidan “Zamonaviy ayol psixologiyasi” mavzusida trening ham tashkil etildi. Unda tizimda faoliyat yurituvchi ayollarga ishda, shaxsiy hayotlarida muvaffaqqiyatga erishishlari yuzasidan psixologik tavsiyalar berildi.

Tadbir soʻngida, ayol xodimlar mutaxassislarga mavzu yuzasidan oʻz fikrlarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

27.04.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing