Shu ezgu niyat bilan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasida uzoq yillar xizmat qilgan, xozirda nafaqada farzandlari baxti kamolini surib yurgan G.Isamiddinova, L.Umarova, E.Abdullayeva va N.Fedotovalarni boshqarma ayollari yaqinlashayotgan Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklab, oilalaridan xabar olishdi.
Fahriylarimiz bojxonachi qizlar bilan ishlagan davrlarini eslashdi. Bojxonachi qizlar Prezidentimiz tomonidan bojxona xodimlariga berilayotgan eʼtibor toʻgʻrisida toʻlqinlanib gapirib berishdi. Fahriylar xozirda bojxona tizimida boʻlayotgan oʻzgarishlarni OAVlarida va ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borishayotganligini va bundan xursand ekanliklarini eʼtirof etishdi.
29.04.2022