8-mart – xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Davlat bojxona xizmati organlarida oʻtkazilayotgan “Bojxona malikalari” qoʻrik tanlovining ilk bosqichi qizgʻin kechmoqda.
Tanlovning “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida oʻtkazilgan dastlabki bosqichida ayol xodimlar oʻz bilim va koʻnikmalarini, pazandalik mahoratini va erkin mavzuda ijodiy salohiyatlarini namoyon qilishdi.
Bellashuvda “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti katta inspektori Xurshida Muradova gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Endi u Toshkent mintaqasi boʻyicha oʻtkaziladigan hududiy bosqichda musobaqani davom ettiradi.
22.02.2022