Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Bojxona malikalari” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi oʻtkazildi
491
Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilingan “Bojxona malikalari” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi oʻtkazildi.

8-mart – xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Davlat bojxona xizmati organlarida “Bojxona malikalari” respublika qoʻrik tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi dastlabki bosqichi yuqori saviyada tashkil qilindi.

Tanlovda ishtirok etgan goʻzal bojxonachilar oʻzlarining bilimlari, pazandalik sirlari, shuningdek, chaqqonliklarini namoyon qilib, tanlovning 5 ta sharti boʻyicha oʻzaro bellashishdi.

Yakunda esa “Xoʻjayli” chegara bojxona posti inspektori Aysulыoʻ Turdыmuratova Qoraqalpogʻistonning “Bojxona malikasi” deb topildi.

Ikkinchi oʻrinni “Xoʻjayli” chegara bojxona posti inspektori Maxsura Ibraimova, uchinchi oʻrinni “Davud-ota” chegara bojxona posti inspektori Gulxan Ismetullayeva egalladi.

Aysulыoʻ Turdыmuratova endi tanlovning hududiy bosqichida xorazmlik hamkasblari bilan bellashadi.

22.02.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing