Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilingan “Bojxona malikalari” respublika koʻrik tanlovining Toshkent viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi
501
Nurafshon shahrida joylashgan Toshkent viloyati bojxona bolshqarmasida Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilingan “Bojxona malikalari” respublika koʻrik tanlovining Toshkent viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotining barcha sohalaridagi oʻrni tobora kuchaymoqda. Xalqimiz tinchligi va farovonligini asrashda, iqtisodiy sarhadlar xavfsizligini taʼminlashda bojxona organlarida xizmat qilayotgan ayollarning ham salmoqli hissasi bor.

“8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati ilk bora tashkil qilinayotgan “Bojxona malikalari” respublika koʻrik tanlovi Toshkent viloyati bojona boshqarmasining ayol xodimlari tomonidan qizgʻin qarshi olindi.

Tanlovda ishtrok etgan ayol xodimlar jangovar shaylik, bilimdonlik hamda pazandachilikda oʻzaro bellashib oʻz mahoratlarini namoyon etishdi.

Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻlgan bellashuvda “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti katta inspektori Shirin Muratova gʻolib deb topildi.

21.02.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing