Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan “Bojxona malikalari” respublika koʻrik tanloviga start berildi
498
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan “Bojxona malikalari” respublika koʻrik tanloviga start berildi. Shu kunlarda hududiy bojxona boshqarmalarida tanlovning viloyat bosqichlari boʻlib oʻtmoqda.

Tanlov davlat bojxona xizmati organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning oʻzlarini toʻla namoyon qilishlariga imkon yaratish, ularda oʻz kasbiga sadoqat tuygʻusini oshirish, tizimda gender tengligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirishga qaratilgan.Tanlovning Samarqand viloyati bosqichi ham qizgʻin kechdi. Ushbu bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan - “Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti xodimi Lola Sherbutayeva endi tanlovning mintaqaviy bosqichida ishtirok etib, navoiylik va jizzaxlik hamkasblari bilan bellashadi.

“Bojxona malikalari” koʻrik tanlovining respublika bosqichi joriy yilning 4-mart kuni Nurafshon shahrida boʻlib oʻtadi.

21.02.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing