Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Andijonda “Bojxona malikalari” koʻrik tanlovi oʻtkazildi!
495
Ayol – Yaratganning nozik hilqati, tabiatdagi nafis mavjudoddir. Ayol fitratan bir tomondan nazokat timsoli boʻlsa, ikkinchi tomondan jamiyatga eng taʼsirli qudratdir. Oiladagi muhit, farzandlar tarbiyasi va erkak kishining matonati oiladagi ayolning olib borayotgan siyosatiga bogʻliq.

Tarixda Toʻmaris, Bibixonim va Nodirabegim kabi buyuk ayol siymolari borki, ularning biri buyuk davlat hukmdori va qoʻmondon boʻlsa, boshqasi Temurni Temur qilgan Saroymulkxonimdir, yana boshqasi adabiyot sohasining yirik namoyondasi shoira Nodirabegim boʻlgan. Er kishilarcha yurt tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida Vatan xizmatida boʻlishga boʻlgan muxabbat bu serquyosh oʻlka ayollarining qon-qoniga singigani shundandir balkim?!

“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni”ni Davlat bojxona qoʻmitasi hamda uning tarkibiy tuzilmalarida keng va koʻtarinki ruhda nishonlash maqsadida eʼlon qilingan “Bojxona malikalari” respublika koʻrik tanlovining Andijon viloyati bosqichi oʻtkazildi.

Yuqorida qayd etilganidek, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotining barcha sohalaridagi oʻrni tobora kuchaymoqda. Xalqimiz tinchligi va farovonligini asrashda, iqtisodiy sarhadlar xavfsizligini taʼminlashda bojxona organlarida xizmat olib borayotgan ayollarning katta hissasi bor desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.

“8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan ilk bora tashkil etilgan “Bojxona malikalari” respublika koʻrik tanlovi Andijon viloyati bojona boshqarmasining ayol xodimlari tomonidan qizgʻin qarshi olindi.

Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻlgan bellashuvda “Doʻstlik” chegara bojxona posti inspektori Moxidil Axmedova gʻolib deb topildi.

22.02.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing