Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasida navbatdagi sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi
974
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi, qonunbuzarlik holatlari uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash, kelgusida shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida ishlarni sayyor sud tartibida ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etmokda.
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasida navbatdagi  sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi

Xususan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasida Navoiy viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining navbatdagi sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor sud majlisida Navoiy viloyati sudi o‘rinbosari T.Abdramanov so‘z olib, qonunchilikda yangi qabul qilingan qonunlarning  mazmuni va ijrosi, tadbirkorlarga yaratilayotgan yengilliklar 2021 yil 28 iyuldagi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-703-sonli qonuni qabul qilinganligi va mazkur qonun bilan bir qator o‘zgartishlar kiritilganligini ma’lum qilib o‘tdi.

Bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari nafaqat chegara bojxona postlarida balki aksariyat holatlarda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan ham sodir etilmoqda. Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak,
2021-yil davomida Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 600 ga yaqin bojxona to‘g‘risidagi  qonun buzilish holatlari yuritilgan.

Ushbu qonun buzilish holatlaridan 8 ta jinoiy va 590 tan ziyod ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

O‘tkazilgan sayyor sud majlisi yakunida Navoiy viloyati sudi o‘rinbosari T.Abdramanov tomonidan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda, tadbirkorlar o‘z faoliyatlari davomida turli jinoyatlarga aralashib qolmasliklari hamda bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga to‘la rioya etishlari shart ekanligi haqida sayyor sud majlisi ishtirokchilariga eslatib o‘tildi.

 

2.02.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing