Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Mutaxassislar tomonidan sog`lom turmush tarzi mavzusida tadbir bo`lib o`tdi
778
Buxoro viloyat bojxona boshqarmasida "Sog`lom turmush tarzi va oilada ayolning o`rni" mavzusida davra suhbati o`tkazildi.

Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro shahar bo`linmasi mutaxassislari, Buxoro shahar bosh otinoyisi R.Baxranova, Oilaviy poliklinika shifokori O.Ergashovalar ishtirok etdilar.

Shundan so`ng, so`z olgan Buxoro shahar bosh otinoyisi R.Baxronova va oilaviy poliklinika shifokori O.Ergashovalar farovon turmush va ahil oiladan esa bevosita, sog`lom farzand dunyoga kelishi, ularning kelajagi haqida ko`rsatilayotgan e’tibor va g`amxo`rlik to`g`risida gapirib o`tdilar. Oila bu jamiyat asosi, ulkan ijtimoiy kuch hisoblanadi. Unda ajdodlarimiz merosi, bugunimizning oydin sahifalari, ertangi kunimiz umidi borligi to`g`risida, biz shu oilada kelajagimiz egalari millatimiz vorislarini tarbiyalash muhimligini ta’kidlab o`tildi.

Tadbirdan ko`zlangan maqsad sog`lom turmush tarzi, bu — har qanday kasalliklar profilaktikasi va salomatlik, kuch-quvvat garovidir. Insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish sog`lom turmush tarzi qoidalariga rioya etgan odam oilasi, mehnat jamoasi, umuman, jamiyatda o`z o`rniga ega bo`ladi, turli murakkab vaziyatlarni engib o`tish, hayot qiyinchiliklari oldida o`zini yo`qotmaslikka o`rganadi. Jamiyatimiz mustahkam tayanchi bo`lmish oila nafaqat ertangi kun shaxslarini tarbiyalaydi, balki vatan va ertangi kun uchun qayg`ura olish qobiliyatini ham shakllantira olishi shubhasizdir.

6.12.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing