Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Ona tilim - o‘zingsan buyuk
1202
21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida “Ona tilim o‘zingsan buyuk” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Ona tilim - o‘zingsan buyuk

Tadbirda Nukus shahar 38-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi D.Xolmuratova va boshqarma shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. D.Xolmuratova bojxona xodimlariga o‘zbek tili tarixi va Davlatimiz rahbari hamda hukumatimiz tomonidan o‘zbek tilini rivojlantirish, yoshlarni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil so‘zlab berdi.

Har bir millatning o‘z tili, madaniyati, urf-odati bor bo‘lib, ular orasida til alohida o‘rin tutadi. Til – har bir millatning timsoli va bebaho boyligi hisoblanib, undan har bir millat vakili kundalik turmush tarzida foydalanib keladi. Jamiyatda har bir inson o‘z ichki tuyg‘ularini, dilidagi gaplarini suhbatdoshiga til orqali yetkazishga sazovor bo‘ladi. O‘zbek tili jahonda boy va eng qadimiy tillardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda davlat tili o‘zbek tili hisoblanib, bu bosh qomusimiz hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4 moddasida ham belgilab o‘tilgan.

O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qo‘llanilib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Hozirgi kunda xorijiy davlatlarda ham tilimizga bo‘lgan eʼtibor va uni o‘rganishga qiziqish tobora kuchaymoqda.

Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir.

So‘ngi yillari yurtimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida xalqimiz ijtimoiy hayoti va xalqaro miqyosdagi nufuzi va mavqeini yana-da oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni taʼminlash bo‘yicha bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, bu hozirda o‘z samarasini bermoqda.

Shuningdek, tadbir davomida boshqarma xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

 N.Rozibayev,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar

guruhi katta inspektori, bojxona xizmati kapitani

23.10.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing